Izohli lug‘at
g‘o‘daymoq
ғўдаймоқ
Ma’nolari
- Egilmay, tik boʻ-lib turmoq, qaqqaymoq.
- Gaplashmay, ish yoki suhbatga aralashmay turmoq; serraymoq.
- "YA YAUa
- Oʻzini kibr-havoli tutmoq; kekkaymoq.
Misollar
- Shudgor oʻrtasida bitta simyogʻoch gʻoʻdayib turibdi. n
- Buncha gʻoʻdayasiz, sal egiling, qulogʻingizga aytaman.. — "Guldasta".
- Qamchinbek ham.. koʻcha oʻrtasida gʻoʻdayib turaverib charchadi. — Mirmuhsin — Supurgiga sajda.
- Aʼzam [Na-fisaning] salomiga ham a/shk olmasdan, "ga-ping boʻlsa gapiraver, ikkala qulogʻim sen-da", degandek gʻoʻdayib turdi. — Shuxrat — Jan-nat qidirganlar.
- -Biror narsani ushlab tursangiz boʻlmaydimi, gʻoʻdayib turmay, — dedi zarda bilan. — T. Ashurov — Oq ot.
- Dimogʻdorlik, gʻoʻdayish kabi il-latlar ularning kasbi. Podshoh saroyi bun-day odamlarga toʻlib yotibdi. — Mirmuhsin — Meʼmor.
- Hafiza erkak kishining avval qoʻl uzatishi nojoʻya ekanini bilsa ham va ke-lib-kelib shu odamdan madaniyat talab etamanmi, axir u xodadek gʻoʻdayib oʻsgan-ku, dedi-da qoʻl uzatdi. — Mirmuhsin — Umid.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0