Izohli lug‘at
g‘ovlamoq
ғовламоқ
Ma’nolari
- Hosili yaxshi boʻlmay, oʻsishi kuchaymoq; ortiq darajada boʻyiga oʻsmoq.
- Avjlanmoq, kuchaymoq, zoʻray-moq (odatda, salbiy narsa-hodisalarga nis-batan qoʻllanadi).
- Boʻlsa — boʻlar, boʻlmasa — gʻovlab ketar "Nima boʻlsa boʻlar" degan maʼnoli, eʼti-borsizlik, loqaydlikni qayd etuvchi ibo-ra.
Misollar
- Sal ehtiyotsizlikka yoʻl qoʻysak, gʻoʻza gʻovlab, hosilni boy berib qoʻyishimiz turgan gap. — "Uzbekistan qoʻriqlari".
- Shunday hollar boʻladiki, ekin uch marta va undan koʻproq oziqlontiriladi, lekin u gʻovlamaydi, hosili moʻl, gʻoʻzapoyasi normal boʻladi. — Gazetadan.
- Kibr-havosi gʻovlab ket-gan tergovchi boshini koʻtarib, "xoʻsh?" de-yishni ham ep koʻrmadi. — V. Mahkamov — Ham aylanib, ham oʻrgilib.
- Bolaligidan boshqa-lardan ajralib turishga intilish balogʻat-ga yetgan sari gʻovlab ketdi. — Shuhrat — Shi-nelli yillar. •
- Bu tom va devorlar uzoqdan goʻyo biron hafsalasiz odam "boʻlsa — boʻlar, boʻlmasa — gʻovlab ketar" qabilidan qilib, omonatgina qoʻnqaytirib qoʻygandek koʻrinadi. — H. Shams — Dushman. Muzaffar ham "boʻlsa —
- boʻlar, boʻlmasa — gʻovlab ketar" qabilida ish tut-yapti. — J. Abdullaxonov — Toʻfon. Kallasi (yoki miyasi, boshi) govlamoq Nima qilarini bil-may qolmoq, boshi qotmoq.
- Umuman, odam-larga yaxshi qoʻshilolmaydigan Komil katta-lar oldida oʻzini yoʻqotib qoʻygan edi. Hozir uning kallasi gʻovlab, qulogʻi shangʻillar edi. — M. Osim — Tilsiz guvoh.
- Chuqurxayolga tolgan Mahkam akaning miyasi gʻovlab, gangib qol-gandi. — R. Fayziy — Hazrati inson. Shu alpoz-da u
- boshi gʻovlab, peshingacha telbalardek shaharda tentirab yurdi. — F. Musajonov — Himmat.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0