Izohli lug‘at
g‘ujg‘on
ғужғон
Ma’nolari
- Shaxs yoki narsaning maʼ-lum darajadagi harakatli toʻp holati; tupi, toʻdasi.
- Ruhiyatdagi shunday holat, joʻsh urgan holat.
- Gʻujgʻon oʻynamoq Gʻuj, toʻda, toʻp holatda harakatlanmoq (gʻujgʻon toʻgʻri va koʻchma maʼnoda).
- Yombi.
- Gʻuj.
Misollar
- Barchin momo tegrasida bolalar gʻujgʻon.. — X. Davron — Bolalikning ovozi.
- Arilar gʻujgʻoni esa yogʻingarchilikdan darak beradi. — Gazetadan.
- Serqatnov mashinalarning shovqin-suroni avjida, bekaptrda odamlar gʻujgʻon. — "Yoshlik".
- Bu xabar mayorning gʻujgʻon xayollarini bir zumda tarqatib, sergak torttirdi. — "Yoshlik".
- Xotinining haligi taʼnasini esladi. Miyasida gʻujgʻon boshlan-di. — J. Abdullaxonov — Xonadon.
- Molbozorga tutash yalang sahnda chumolidek gʻujgʻon oʻynagan olomon tinimsiz qaynab-toshadi. — X. Sultonov — Bir oqshom ertagi.
- Kechki oftob selida ming-million zarra boʻlib gʻujgʻon oʻynayotgan toʻzon juda sekinlik bilan tarqalardi. M. Mansurov,
- Potma xayolida gʻujgʻon oʻynayotgan turli gumon va shubhalardan yuragi gʻash. — T. Ashurov — Marvarid tut.
- Gʻujgʻon gullagan daraxtlar-dan atrofga kumush yogʻdu yogʻilib turadi. — S. Nurov — Narvoy.
- Gʻujgʻon yaproqlar ona koʻk-siga yopishgan goʻdakdek mehribon novdalarga chirmashadi. — F. Musajonov — Himmat.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0