Izohli lug‘at
g‘uncha
ғунча
Ma’nolari
- [f. gʻ — kurtak, shona; lab,
- dudoq] 1 Hali ochilmagan, gulbarglari hali yozilmagan gul; oʻsimlikning gul kurtagi.
- Biror hodisaning endigina boshlanayotgan payti, boshlanishi.
Misollar
- Kechqurun [bulbul] gul gʻunchasini koʻradi-yu, ishqida oshigʻu shaydo boʻlib sayray beradi. — P. Tursun — Oʻqituvchi.
- Qirlardan esayotgan mayin shabada ana shu gullarning gʻuncha-larini yozmoqda. — I. Rahim — Chin muhabbat.
- Gʻuncha ochilguncha oʻtgan fursatni Kapalak umriga qiyos etgulik. — Gʻ. Gʻulom.
- Shubha ichida qizargan muhabbat gʻunchasi visol xabari bilan ochilayozgandek.. edi. — A. Qodiriy — Mehrobdan chayon.
- Murabbiy bola qalbi-da nish ura boshlagan umid gʻunchalarining mehribon sohibidir. — R. Usmonov — Odobnoma.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0