Izohli lug‘at
g‘urra
ғурра
Ma’nolari
- [a. — otning oq qashqasi
- gajak, kokil] Peshona yoki boshda hosil boʻlgan qattiq shish.
Misollar
- Peshonamni ham gʻurra qildi-ya, ertagacha gʻurra yozilib ketsa goʻrga edi, shu turqu tarovat bilan odamlarga qanday koʻrinaman. S. — Ahmad — Hukm. Komissar ogʻzidan koʻpik kelib.. yotardi. Peshonasi gʻur-ra, biroq qoshlarining usti qip-qizil qon edi. M. Muhamedov, Qahramon izidan.
- Qutluqxoʻja.. yoshligida oʻz mahallasidagi bolalarga bosh boʻlib, ularni qoʻshni mahalla bolalariga qarshi "urush"ga olib borar, har vaqt burni qonab, peshonasi gʻurra boʻlib qaytardi. — M. Osim — Oʻtror.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0