Izohli lug‘at
go‘sht
гўшт
Ma’nolari
- Tirik organizmning mushak toʻqimalari; et.
- Soʻyilgan jonivor tanasining ovqat sifatida isteʼmol qilinadigan qismi; et.
- Baʼzi bir mevalarning yeyiladigan qismi, eti.
- Bir-birining goʻshtini yemoq Doim bir-biri bilan urishmoq, jiqqamusht boʻlmoq. Bir qop goʻsht Qoʻlidan hech narsa kelmaydigan, landavur odam haqida.
- — dedi Umarali. Oybek, Ulugʻ yoʻl.
Misollar
- Tomirlarda qon qaynab, koʻzlarda oʻt chaqnardi, mushak goʻshtlari poʻlatday qotib ketgan edi. — Sh. Rashidov — Boʻrondan kuchli.
- Qoʻy goʻshti. Tovuq goʻshti. Qovurilgan goʻsht. ^Ahmad Tanbal chinni lagandagi goʻshtga endi qoʻl uzatganda, eshik sekin ochildi. — P. Qodirov — Yulduzli tunlar.
- Roʻziboy deganimiz bir qop goʻsht boʻldi-qoldi. — "Gul-dasta". Goʻshtingni yeyman Doʻq, poʻpisa maʼnosidagi ibora. Yeyman deydi goʻsh(t)ini, Qayraydi kal tishini. "Ravshan". Goʻshtini bir burdadan qilmoq Rosa urmoq, kaltaklamoq, savalamoq.
- -Koʻp yengillik qilib hingillay bermanglar! Otang koʻrib qolgudek boʻlsa, seni ham, meni ham goʻshtimizni bir burdadan qiladi,— deb to eshikdan chiqib ketguncha javrab qoladilar. — Oydin — Bechora. Nomaʼqul buzoqning goʻshtini yemoq 1) xato qilmoq, adashmoq; 2) nodonlik qilmoq.
- -Nomaʼqul buzoqning goʻshtini bir yedik-da,— deydi Berdi tatar. — A. Qodiriy — Obid ketmon. Qip-qizil goʻsht Hech vaqosi yoʻq, kambagʻal, nochor.
- -Hol soʻr, ammo hamyonni ham soʻr, uka! Bilasan-ku ahvolimizni, qip-qizil goʻshtmiz,
Kelib chiqishi
f. گوشت — et
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0