Izohli lug‘at
go‘zal
гўзал
Ma’nolari
- Juda ham chiroyli, husndor, xushroʻy.
- Kishi koʻzini quvontiradigan, kishini maftun etadigan, zavqlantiradigan.
- Zavq-shavqqa boy, serzavq, unutilmas (davr, vaqt haqida).
- Goʻzal (xotin-qizlar ismi).
- Goʻzal adabiyot Badiiy adabiyot. Goʻzal sanʼat Badiiy sanʼat.
Misollar
- Goʻzal qiz.
- Gulsum uning, Elmurodning xayolida bu yerdagi goʻzallarning goʻzali boʻlib tura berdi. — P. Tursun — Oʻqituvchi.
- Oʻttiz besh yoishrda koʻringan bu goʻzal xotin haram xodimalaridan Gulshanbonu edi. — A. Qodiriy — Mehrobdan chayon.
- Goʻzal tabiat bagʻrida dam olmoq. Goʻzal xulqli inson.
- Uqorli, sovuq kun Yoʻlchi uchun umrining eng mazmunli, eng rangli, eng goʻzal kuni edi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0