Izohli lug‘at
ho‘llamoq
ҳўлламоқ
Ma’nolari
- Xoʻl qilmoq, suv tegizmoq, nam bermoq.
- Tomoqni hoʻllamoq Bir oz ichmoq.
Misollar
- Roʻmolchani hoʻllamoq. Jlamma xullab, pol yuvmoq. Sochini hoʻllamoq. Bar-mogʻini hoʻllamoq. n
- Qizini bagʻriga bosib, peshonasidan oʻpganda, koʻz yoshlari Juma-gulning yuz-koʻzini hoʻlladi. — J. Sharipov — Xorazm.
- Oʻgʻli boʻlsa choyga non hoʻllab yemoqda edi. — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
- Chol lablari bshxan bir parcha eski charmni hoʻllab turib dedi.. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Yuring-lar, tomoqni hoʻllab olamiz, ham chaylasini koʻramiz. — S. Nurov — Narvon.
- Yoshlikning oxiri, qarilikning boshi, deganday ozroq tomoqni hoʻllab olsak boʻlardi. — "Mushtum".
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0