Izohli lug‘at
ig‘vo
иғво
Ma’nolari
- Nizo, nifoq solishga, ittifoqni buzishga, buzgʻunchilikka qaratilgan xatti-harakat, yolgʻon-yashiq, uydirma, boʻhton va sh. k.
- Igʻvo solmoq Orada igʻvoli gap-soʻz yuritmoq (qoʻzgʻamoq).
- Igʻvo qilmoq Igʻvoli gap-soʻz qilmoq, fitna uyushtirmoq.
Misollar
- Boyning igʻvosiga aldangan bechoralar ikki jahon ovorasi boʻldi. — S. Ayniy — Qullar.
- Xoʻsh, — dedi Boʻtaboy,— sen ham yot unsurlarning igʻvosini tarqatadigan boʻlib qoldingmi! — A. Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari.
- Ishni boshliqlarga qarshi igʻvodan emas, mehnatdan boshlash kerak, oʻrtoq Sariyev. — A. Muxtor — Tugʻilish.
- Ehtimol, ikkimizning oramizga igʻvo solib, shiringina turmushimizni buzmoqchi boʻlsalar? — Hamza — Tuhmatchilar jazosi.
- Xoʻjanazar meni va boshqalarni kolxozga qarshi igʻvo qilib, oʻzi uch xoʻjalik boʻlib, hammadan burun kolxozga kirib oldi. — S. Ayniy — Qullar.
Kelib chiqishi
arab. – yoʻldan urish, ozdirish; aldash, adashtirish
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0