Izohli lug‘at
iste’fo
истеъфо
Ma’nolari
- Harbiy xizmatchilarni yoshi oʻtganligi, kasalligi va b. sabablar tufayli harbiy xizmatdan boʻshatish.
- huq. Hukumatning, uning boshligʻi yoki aloqida vazirlarning hukumatga ishonchsizlik bildirilishi, hukumatda-gi ichki ixtiloflar tufayli oʻz mansabi yoki xizmatidan ketishi, voz kechishi; oʻz vakolatlarini zimmasidan soqit qili-shi.
- Isteʼfo bermoq Mansab-vazifasidan ketmoq, ketish haqida murojaat etmoq.
Misollar
- Suxartoning eng yaqin safdoshlaridan biri Xarmoko ham prezident isteʼfosini talab qila boshladi. — Gazetadan.
- -Isteʼfo-larini qabul etmayman, borib vazifangiz-ni bajaravering, — dedi \amir\. — M. Osim — Ibn Sino qissasi.
- Oʻttiz ikki yillik hukmronlikdan soʻng Indoneziya Prezidenti Suxarto isteʼfo berdi. — Gazetadan. Isteʼfoga chiqmoq Mansab-vazi-fasini toʻxtatmoq, undan ketmoq.
- Xalqyashi-rin ovoz bilan, demokratik asosda saylagan rahbarlarning isteʼfoga chiqishini talab qilish ham adolat talablariga ziddir. — E. Yusupov — Istikdol yoʻlida.
- Ishbilarmonlar-dan baʼzilari boʻlsa, yo joylarini topolmay yurishibdi, yo elburundan isteʼfoga chiqib olishibdi. — \. Nazir — Oʻtlar tutashganda. Is-teʼfodagi Isteʼfoga chiqqan, isteʼfoda boʻlgan.
- Shartnomaviy munosabatlarni toʻgʻri yoʻlga qoʻyish uchun.. isteʼfodagi tajribali yuristlarni ham jalb etdik. — Gazetadan.
Kelib chiqishi
d. I o,-— kechirish haqida iltimos qilish; vazifadan chekinish, boʻshashni istash
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0