Izohli lug‘at
istig‘no
истиғно
Ma’nolari
- . Muhtoj boʻlmaslik (ehtiyoj sezmaslik) his-tuygʻusi, shunday his-sezgili munosabat, holat.
- . Goʻzal qiliq bilan tortinish; noz.
Misollar
- Egasining odamgarchiligi har qancha katta boʻlganda ham, mehmonlaring.. istigʻno va vijdon doirasidan chiqmasligi lozim. — A. Qodiriy — Obid ketmon.
- Nuqra Davronning oʻziga qadalib turgan koʻzlariga: "Menga munaqa qaramang", deganday istigʻno bilan boqdiyu, barmoqlarini silkitgancha, daraxtlar orasiga shoʻngʻib ketdi. — S. Karomatov — Soʻnggi barxan.
- Bas, bas, — deb Qirmizxon istigʻno bilan chimirildi. — N. Aminov — Yolgʻ. far.
Kelib chiqishi
arab.– ehtiyojsizlik, badavlatlik; noz-karashma qilish
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0