Izohli lug‘at
jag‘
жағ
Ma’nolari
- Odam va hayvonlarda kallaning tishlar oʻrnashgan suyagi.
- Oyoq kiyimining yuzi bilan tagcharmi birlashgan yeri, old yonlari.
- maxs. Baʼzi asboblarning qisadigan, kesadigan qismi.
- Kishi, odam; nonxoʻr.
- Jaki ochilmoq 1) jaxdlanib tapira bosh-lamoq.
- ) koʻp gapiradigan, vaysayveradigan; vay-saqi; 2) koʻp yigʻlaydigan, yigʻloqi.
- ) doim ovqat chaynaydigan, ovqatdan ogʻzi boʻshamaydigan. Jagʻtish ayn. oziqtish q. oziq. Jagʻ urmoq Hadeb gapiravermoq.
Misollar
- Ustki (tepa) jagʻ. Pastki jagʻ.
- Otaqoʻzining koʻzlari qisi-lib, jagʻ paylari turtib chiqdi. — O. Yoqubov — Diyonat. U
- [Qalandar aka\, koʻzlari bir nuq-taga qadalib qotib qolganday, qimir etmay turar, faqat jagʻi titrar edi. — S. Karomatov — Eʼtiqod.
- Vakil qulochkashlab jagʻimga urdi. — T. Murod — Ot kishnagan oqshom
- Aksariningust-boshi yupun, mahsilarining yirtiqlaridan kir paytavalari osilib turadi, kimlarda poxol tiqilgan eski kalish, kimlarda jagʻi yir-tiq kavush, lekin ular shod. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- U oʻzining paxtasi oqib yotgan qizil chit toʻni, jagʻi ajralgan kavushi, piltalari chiqib ketgan doʻppisi bilan bosh-qa bolalardan ajralib turardi. — Oydin — Hikoyalar.
- Ombir jagʻi. Qaychi jagʻi.
- Bir ishlovchiga uch jagʻedik, boyga ortiqchalik qilib qoldik. — H. Nuʼmon va A. Shorahmedov, Ota.
- Lekin oila-da jagʻ koʻpaygach, shundoq ham qoʻl uchida, ta-bibchilik bilan tirikchilik qilib kelayotgan Ibn Yamin qiynalib qoldi. — K. Yashin — Hamza.
- Shu vajdan kampirning jagʻi yana ochil-di, Sidiqjonning oʻtmishini, qizining qil-mishini yana taʼna qila boshladi. — A. Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari; 2) harakati boshlan-moq; ovozi eshitilmoq.
- Ya na dushman pulemyot-larining jagʻi ochildi, bir necha jangchi yi-qildi. — T. Rustamov — Mantu jasorat. Jagʻi ochiq
- Jagʻi ochiq bola. Jagʻi tinmaydigan 1) ayn. jagʻi ochiq
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0