Izohli lug‘at
jur’at
журъат
Ma’nolari
- . Xavf-xatar, qiyinchiliklardan hayiqmay qilingan ish; jasorat.
- . Jurʼat (erkaklar ismi).
- Jurʼat qilmoq (yoki etmoq, koʻrsatmoq). Qoʻrqmasdan, hayiqmay, yurak yutib harakat qilmoq.
Misollar
- Qalbingizda boʻlsin jurʼat, iroda, Kundan-kunga gʻayratingiz ziyoda. — Habibiy.
- Buviniso koʻnglidagini ochiq aytishga jurʼat qilolmay: "Men bir iloj qilardimda", — dedi. — P. Tursun — Oʻqituvchi.
- Ammo negadir yigitlardan birontasi jurʼat etib, Zarifaga yaqinlashmas, dilidagini aytolmas edi. — S. Karomatov — Oltin qum.
Kelib chiqishi
arab. – mardlik, jasorat
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0