Izohli lug‘at
ko‘cha
кўча
Ma’nolari
- Aholi yashaydigan joylarda yoʻlovchilar oʻtib turadigan, transport qat-naydigan yoʻl.
- Umuman, yoʻl.
- Yashash, turish joyidan tashqari boʻlgan joy, ochiq maydon (uy, hovliga nisbatan).
- Koʻcha bolasi Umumiy taʼlim-tarbiyadan chetda qolgan bola.
Misollar
- Navoiy koʻchasi. Sobir Rahimov koʻchasi. yat Chinnigul koʻchaning bir tomoni-dan, ensizgina asfalt trotuardan shoshmas-dan borar edi. — S. Zunnunova — Koʻk chiroqlar.
- Toʻxta xola koʻchada uzoqdan birin-ketin ke-layotgan ikki kishining qorasini koʻrdi. — I. Rahim — Chin muhabbat.
- Yor yurgan koʻchalarni supuray sochim bilan. — "Qoʻshiqlar".
- Hali majlis, hali ham-mom qurilishi, hali koʻchaga shagʻal yotqizish deydi. — "Guldasta".
- Qir koʻchadan tushguncha sur-nay ovozi chiqmadi. — S. Siyoyev — Yorugʻlik.
- Uyida rohati yoʻqning koʻchada faro-gʻati yoʻq. — Maqol.
- Oshing halol boʻlsa, koʻchada ich. — Maqol. ■■
- Hishning oxirgi kunlari koʻcha-da qora sovuq bilan izgʻirin yurar edi. — A. Qodiriy — Mehrobdan chayon.
- Ibn Yamin bir kuni koʻchadan horib-tolib, tajang boʻlib keldi-da.. xotini bilan aytishib qoldi. — K. Yashin — Hamza.
- Oʻtir bu yoqqa! Xoʻsh, sen nima uchun koʻcha bolalariga oʻxshab axloqsiz-lik qilasan! A. Qahhor, Ayb kimda? Koʻcha eshik Koʻchaga chiqiladigan (koʻchadan kiri-ladigan) eshik.
- Koʻcha eshikdan kirishi bilan.. akasi tagʻin jahlini chiqara boshladi. — Oʻ. Hoshimov — Qalbingga quloq sol. Koʻchada qolgan Tashlab qoʻyilgan, keraksiz.
- [Muat-tar:] Bugundan qolmay koʻchingni koʻtar! Olti oydan beri kasal boqamiz. Koʻchada qolgan nonimiz yoʻq. — N. Safarov — Sharqtongi. Koʻcha-siga kirmoq Biror narsa qilish payiga tushmoq, daxl qilmoq, mashgʻul boʻlmoq.
- Ablah Tillaboyga endi ishonch qolmabdi. Cha-mamda, feʼli aynab, xiyonat koʻchasiga kir-gangaoʻxshaydi. — P. Tursun — Oʻqituvchi. Koʻcha-sidan oʻtmoq Biror ish yoki harakat bilan shugʻullanmoq; mashgʻul boʻlmoq.
- /Muhabbat:] Turgʻunjon aka, qoʻying, men bir umrimda savdo koʻchasidan oʻtgan boʻlmasam, meni maj-bur qilmang. — N. Safarov — Hayot maktabi. Oyogʻim (yoki kavushim) koʻchada qolgani yoʻq yoki oyogʻim koʻchada qolibdimi Har qanaqa joyga boravermaslikni, uncha-muncha joy-ni nazar-pisand qilmaslikni ifodalash uchun aytiladigan ibora.
- Davraning toʻrida edim, oyogʻim koʻchada qoptimi, deb uncha-muncha toʻyga bormasdim. — A. Muxtor — Qoraqal-poq qissasi.
- Oʻzbek oyim uncha-muncha toʻyu azalarga "Kavushim koʻchada qolgan emas", deb bormas edi. — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar. Xoh-lamasang (yoki istamasang) — katta koʻcha Xo>utmasang, istamasang, bilganingni qil, xohlagan yeringga ketaver; toʻrt tomo-ning qibla.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0