Izohli lug‘at
ko‘chirmoq
кўчирмоқ
Ma’nolari
- Koʻchmoq fl ort. n.
- Matnni boshqa qogʻozga qayta yozmoq yoki qayta chizmoq, undan nusxa, koʻchirma olmoq.
- Oʻtkazmoq, oʻzgartirmoq.
Misollar
- Qish-loqni shu yerga, yangi ariqning ikki yuziga koʻchirmoqchimiz. — A. Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari.
- Yarangdan eski dokani koʻchirar ekan-man, butun badanim zirqirab ketdi. — Shuxrat — Shinelli yillar.
- Elmurod.. har jumlani necha qayta oʻylab, har yozganini kun sayin yana boshdan koʻchirib, respublika gazetasiga maqola tay-yorladi. — P. Tursun — Oʻqituvchi.
- Gaplarda sho-irlar oʻz yangi sheʼrlaridan oʻqir, savodli ki-shilar esa ularni qoʻlda koʻchirib, tarqatar-dilar. — T. Obidov — Yusufjon qiziq.
- Tegirmonni ham elektr bilan ishlashga koʻchirish lozim.. — R. Fayziy — Choʻlga bahor keldi.
- Injener-mu-taxassislar, yarimavtomat usuliga koʻchirish mumkin, degan qarorga kelishdi. — M. Xayrul-layev — Tilla marjoy.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0