Izohli lug‘at
ko‘chma
кўчма
Ma’nolari
- Biror joyda turmay, joy-dan joyga koʻchib yurib ishlaydigan.
- Musobaqada keyingi gʻolibga olib beriladigan.
- Oʻz oʻrnidan siljib, suzib yoki uchib, boshqa joyga koʻchib yuradigan.
- Koʻchma maʼno tlsh. 1) maʼno koʻchishi asosida kelib chiqqan maʼno.
Misollar
- Koʻchma ustaxona. Koʻchma kino. Koʻchma sirk, yash Bir yildan beri choʻponlar uchun koʻchma kutubxona tashkil qilib berishlarini soʻrayman-u, hech boʻlmaydi-da! — O. Yoqubov — Togʻ qizi.
- Ammo Mo-hidil koʻchma magazinda aroq sotishni man qilgandan keyin.. norozi boʻlganliklarini yashirmay qoʻydilar. — J. Abdullaxonov — Toʻfon.
- Koʻchma bayroq. Koʻchma kubok.
- Koʻchma muz togʻlari. m
- Orqaga qaytish uchun koʻchma qum-lar orasidan yurish kerak. — A. Qahhor — Maston.
- Ehtimol, endigina unib chiqqan nimjon gʻoʻza/shr koʻchma qum ostida qolgandir. — Sh. Rashidov — Boʻrondan kuchli.
- Soʻz-termin me-taforik qoʻllashdan barqaror koʻchma maʼno-ga oʻtadi va shu maʼnosi orqali adabiy tilda keng qoʻllanadi. — "OʻTA" — ; 2) asl (toʻgʻri) maʼnosidan boshqa maʼnoda (koʻchirib) qoʻllash bilan hosil boʻluvchi maʼno (mas., qoplon soʻzining "qoʻrqmas, epchil yigit" maʼnosi koʻchma maʼnodir).
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0