Izohli lug‘at
ko‘krak
кўкрак
Ma’nolari
- Ayollar koʻksidagi bir juft sut bezi, emizish aʼzosi; emchak. Gulnorning boʻyi oʻsib, koʻkragi toʻlishib, butun gavdasi qizlik la-tofati bilan yashnagan choqda boyvachcha uni koʻz tagiga olib qoʻygan edi. Oybek, Tanlangan asarlar.
- Koʻkrak bermoq Emizmoq.
- Kiyimning yuqori old qismi.
- Yurak, dil. Koʻzi soʻqirdan koʻkragi soʻqir yomon. Maqol. n Uygʻoq edim.. [bolani] ertaga olib ketar, har nima boʻlganda ham, koʻkragida onalik mehri bordir [dedi Sidiq-jon]. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari. Gavharning yigʻi aralash boʻgʻiq ovozi Mah-kamga oʻz koʻkragidan chiqayotganday boʻlardi. P. Qodirov, Uch ildiz.
- Koʻkragiga shamol tegdi q. shamol. Koʻkra-gida yoli bor q. yol I. Koʻkrak kermoq 1) gʻurur, kibr bilan gavdani tik tutmoq; kek-kaymoq.
Misollar
- Koʻkrak choʻntak. sht Uning egnidagi yakka bortli sheviot kostyum hali boʻyiga nisbatan ingichka boʻlgan qaddiga kenglik qiladi, koʻkragi bir ozxalta boʻlib, yoqasi koʻchib turibdi. — P. Qo-dirov — Uch ildiz.
- Havo isimagan boʻlsa ham, xomsemiz hokim, formasining koʻkrak tug-malarini yechib tashlab, yelpinishga tutin-di. — M. Ismoilov — Fargʻona t. o.
- Oʻsha pul boʻlganda, Nusratilla Qul-matqoraning oldiga koʻkrak kerib kirib bo-rardi. — A. Muxtor — Opa-singillar; 2) faxr-lanmoq.
- Koʻkrak kerib, postda turaman, Vatan yovi kul boʻlsin dogʻda. — Gazetadan. Koʻkrak qafasi Odamlar, sutemizuvchi hay-vonlar va parrandalarda koʻkrak umurtqa-lari bilan qovurgʻalarning toʻsh suyagi yor-damida birikishidan hosil boʻlgan bir butun tuzilma.
- Qi-zarguncha yuvindi, hoʻl sochiq bilan koʻkrak, boʻyin va yagʻrinlarini obdan ishqalab, qoni-ni betga tepdirdi. — Shuhrat — Shinelli yillar. Shahodat mufti qariyb butun koʻkragini yopgan bahaybat mosh-guruch soqo-lini qalam bilan taradi. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon.
Kelib chiqishi
1 Tananing boʻyindan qorin-gacha boʻlgan old qismi; koʻks. Elmurod
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0