Izohli lug‘at
ko‘mmoq
кўммоқ
Ma’nolari
- Kovlangan yerga (chuqurcha, oʻra va shu kabilarga) joylab, ustini berkitmoq.
- Tuproq, shagʻal, qum, tosh, kesak, xa-shak kabi narsalar bilan qoplab berkit-moq, koʻrinmaydigan qilib qoʻymoq.
- Oʻlikni goʻrga qoʻymoq; dafn etmoq.
- Chuqur joyni toʻldirmoq, yer bilan tekislamoq.
- Juda ortiq darajada taʼmin etmoq; toʻkib, yogʻdirib tashlamoq.
Misollar
- Sabzini koʻmmoq. Kartoshkani koʻmmoq. n
- Sholini kechasi otxonadan olib, boshqa yerga koʻming. — H. Gʻulom — Mashʼal.
- Oyoqni qumga koʻmmoq. Tokni koʻmmoq. Bu joylarda anjir bilan anorni ham kuzda koʻmadilar. n
- Paxomov kartoshkalarni havas bilan bir-bir ushlab, oʻtga koʻma boshladi. — Oybek — Quyosh qoraymas.
- Sizning oʻjarligingizni deb, guldek qizim-ni begona shaharga ikki qoʻllab koʻmib kel-dim. H. Ahmar, Kim haq?
- [Sidiqjon] Toʻlib qolgan kir oʻrani koʻmib tashlab, boshqa oʻra qazidi. — A. Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari.
- Bultur paxta ekkan brigada yerning namini saqlash uchun zovurni koʻmgan ekan. — N. Safarov — Xadicha Ahrorova.
- Ishga koʻmib yubormoq. Pulga koʻmib tashlamoq. n
- Hayitmat akaning nazarida, Hikmat dom-la oʻz qavmlarini hash-pash deguncha oltinga koʻmib yuborayotgandek boʻlib koʻrindi. — N. Mak-sudiy — Laylatulqadr.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0