ball.uz
Lug‘atga qaytish

Izohli lug‘at

ko‘ngil

кўнгил

Ma’nolari

  1. (asosan 3- - koʻngli)
  2. Kishining his-tuygʻu va kechinmalari manbai; yurak, qalb, dil.
  3. Feʼl-atvor, xarakter, xulq.
  4. Bir koʻngli - bir qur taxmin qilib, ichida gumonsirab, bir xayol bilan.
  5. Koʻngil bermoq - 1) berilmoq, mehr qoʻymoq.
  6. Koʻngil yozmoq (yoki ochmoq) - gʻam-gʻussani tarqatmoq, unutmoq, xursandchilik qilmoq, oʻyin-kulgi, sayr bilan dilgirlikni tarqatmoq.
  7. Koʻngil yormoq - dilidagi gaplarni aytmoq.
  8. Koʻngil ovlamoq - 1) oʻziga moyil, rom qilishga intilmoq.
  9. Koʻngil soʻramoq - kishi boshiga biror musibat yoki tashvish tushganda, undan hol-ahvol, kayfiyat va shu kabilar haqida soʻramoq.
  10. Koʻngil uzmoq - bahridan oʻtmoq, kechmoq, ajralmoq, tashlab ketmoq.
  11. Koʻngil uchun - hurmat yuzasidan; hech boʻlmasa, shunchaki, til uchida.
  12. Koʻngil xushi - oʻzining xursandligi, vaqtichogʻligi uchun xizmat qiladigan ish-harakat yoki narsa; xursandlik, vaqtichogʻlik vositasi.
  13. Koʻngil qoʻymoq (yoki bermoq) - mehr-muhabbat bogʻlamoq, sevmoq.
  14. Koʻngilga tugmoq - tugmoq.
  15. Koʻngli aynimoq - toʻsh oldi sohasi va halqumda oʻziga xos noxushlik his etmoq; behuzur boʻlmoq.
  16. Koʻngli bor - 1) xohishi, mayli bor; moyil.
  17. Koʻngli buzilmoq - kayfiyati buzilmoq; qattiq xafa boʻlmoq, qaygʻuga choʻmmoq; dili ogʻrimoq, dili gʻash tortmoq.
  18. Koʻngli buzuq - 1) fikri, niyati yomon, yomonlik qilishni oʻylovchi; 2) gʻamgin, ruhan ezilgan, koʻngli yarimta.
  19. Koʻngli boʻlmaslik - koʻngliga toʻgʻri kelmaslik, biror ishni bajarishga botina olmaslik; maʼqul koʻrmaslik.
  20. Koʻngli boʻshamoq - gʻam-tashvishdan yengillanmoq, koʻngli yorishmoq.
  21. Koʻngli joyiga (yoki Oʻrniga) tushmoq - xotirjam boʻlmoq, tinchlanmoq; taskin topmoq.
  22. Koʻngli yoʻq - 1) mayli, xohishi yoʻq; moyil emas, istamaydi.
  23. Koʻngli keng - 1) har narsaga siqilavermaydigan, tashvish tortavermaydigan.
  24. Koʻngli koʻtarilmoq (yoki oʻsmoq) - ruhlanmoq, ruhi, kayfiyati koʻtarilmoq, ruhi yengil tortmoq; xursand boʻlmoq.
  25. Koʻngli koʻtarmaydi - 1) xohlamaydi, yoqtirmaydi, tabiatiga toʻgʻri kelmaydi.
  26. Koʻngli ochiq yoki Ochiq koʻngil - 1) istagini, xafa yoki xursandligini yashirmaydigan; tortinmay gaplashaveradigan.
  27. Koʻngli oq yoki Oq koʻngil - birovga yomonlikni istamaydigan; begʻaraz, yuragi toza, sofdil.
  28. Koʻngli ogʻrimoq - xafa boʻlmoq, ranjimoq.
  29. Koʻngli sovimoq (yoki qolmoq, qaytmoq) - avvalgi yaxshi munosabati, mayli yoʻq boʻlmoq, ixlosi qaytmoq, sevmaydigan, yoqtirmaydigan boʻlib qolmoq.
  30. Koʻngli sof (yoki toza), Sof (yoki Toza) koʻngil - Koʻngli oq.
  31. Koʻngli sust ketdi - juda ham havasi keldi, totib koʻrgisi, yegisi yoki ichgisi keldi.
  32. Koʻngli tinchidi - tinchimoq 1.
  33. Koʻngli tor - 1) har narsaga siqilaveradigan, tashvishlanaveradigan; serjahl; 2) xasis, ziqna.
  34. Koʻngli tosh yoki Tosh koʻngil - rahm-shafqati yoʻq, berahm, shafqatsiz; bemuruvvat.
  35. Koʻngli toʻlmoq - mamnun boʻlmoq; qanoat hosil qilmoq, tinchlanmoq.
  36. Koʻngli toʻq - gʻam-tashvishdan xoli, xotirjam.
  37. Koʻngli xira - Taʼbi xira xira.
  38. Koʻngli chopmoq - 1) tabiatiga, didiga mos kelmoq, muvofiqdeb bilmoq, yoqtirmoq.
  39. Koʻngli choʻkmoq - ruhi tushib ketmoq, umidsizlikka berilmoq; oʻksimoq, afsuslanmoq.
  40. Koʻngli yumshamoq - achinib rahmi kelmoq; achchigʻidan, qahridan tushmoq.
  41. Koʻngli yumshoq yoki Yumshoq koʻngil - yumshoq 4.
  42. Koʻngli yarim(ta) - gʻam-tashvish bilan ruhan ezilgan, dilshikast.
  43. Koʻngli oʻksimoq - xafa boʻlmoq, maʼyuslanmoq.
  44. Koʻngli qattiq yoki Qattiq koʻngil - Koʻngli tosh.
  45. Koʻngli qora - Ichi qora ich 3.
  46. Koʻngli gʻash - taʼbi xira, biror narsadan tashvishli, bezovta, notinch.
  47. Koʻngliga kelmoq - 1) oʻzicha oʻylamoq, xayolidan oʻtmoq.
  48. Koʻngliga ogʻir olmoq - arzimagan narsaga xafa boʻlmoq; oʻziga tahqir deb tushunmoq.
  49. Koʻngliga tegmoq (yoki urmoq) - Chakkaga tegmoq chakka I.
  50. Koʻngliga qaramoq - raʼyiga, xohish-istagiga muvofiq ish tutmoq.
  51. Koʻngliga qil (ham) sigʻmaydi - Yuragiga qil (ham) sigʻmaydi yurak.
  52. Koʻngliga qoʻl solib koʻrmoq - qoʻl.
  53. Koʻnglida kiri yoʻq - 1) Koʻngli oq; 2) Koʻngli ochiq.
  54. Koʻnglidan kechirmoq (yoki oʻtkazmoq) - xayolidan oʻtkazmoq, oʻylamoq.
  55. Koʻnglidan chiqarmoq - 1) butkul unutib yubormoq; oʻylamay, eslamay qoʻymoq.
  56. Koʻnglini buzmoq - xafa, gʻamgin qilmoq, gʻamga botirmoq.
  57. Koʻnglini koʻtarmoq (yoki oʻstirmoq) - dilini chogʻ qilmoq, xursand qilmoq, yaxshi kayfiyat bagʻishlamoq; ruhlantirmoq.
  58. Koʻnglini olmoq - 1) xursand qilmoq.
  59. Koʻnglini ogʻritmoq - xafa qilmoq, ranjitmoq.
  60. Koʻnglini topmoq - istak-xohishiga mos tushadigan ish yoki harakat bilan oʻziga moyil qilmoq, oʻzidan xursand qilmoq.
  61. Koʻnglini eritmoq - dilini, qalbini eritmoq, yumshatmoq.
  62. Oʻrgangan koʻngil oʻrtansa qoʻymas - kishi biror narsaga oʻrganib, odatlanib qolsa, garchi u ziyon boʻlsa ham, uni tark etolmaydi, degan maʼnoda ishlatiladigan matal (asosan yaramas odatlar haqida).

Misollar

Manba: Vikilug‘at

Ko‘rilgan: 0

Imlo lug‘atida yozilishini ko‘rish