Izohli lug‘at
ko‘rinish
кўриниш
Ma’nolari
- Koʻrinmoq fl. har. n.
- Tashqi qiyofa; qiyofa.
- Koʻzga koʻrinib turgan narsa, manzara.
- teatr. Dramatik asarda pardaning maxsus dekoratsiya talab etuvchi har bir qismi. Ikkinchi pardaning beshinchi koʻrini-shi. n
- Voqea-hodisa kabilarning muayyan namoyon boʻlish holati.
- Koʻrinish bermoq Oʻzini koʻrsatmoq, uch-rashmoq.
Misollar
- Mah-kam hozir uning yana nimadir demoqchi ekani-ni sezdi, lekin unga koʻrinishni ham, gapi-rishni ham istamagani uchun, bosh irgʻab, eshikdan chiqdi. — P. Qodirov — Uch ildiz.
- Hiz, koʻrinishdan ozarbayjon boʻlsa kerak, ruscha gapirar, gap-soʻzlaridan anchagina savodli ekatshgi koʻri-nib turar edi. — Shuhrat — Shinelli yillar.
- Rahim akaning ovozida odatdagi kesatiq-dan asar ham yoʻq, koʻrinishi sertashvish edi. — F. Musajonov — Himmat.
- Otabek tabiatning shu koʻrkam va latif koʻrinishiga maftun boʻlib bir oz yotgandan keyin.. uzoq tin olib qoʻydi. — A. Krdiriy — Oʻtgan kunlar.
- Bir parda, yetti koʻrinishli sheʼriy musiqali drama. — "Guldasta".
- -Ishga sovuqqonlik, loqaydlik ham, aslini olganda, intizom-sizlikning bir koʻrinishi, — dedi Qurbono-va. — "Oʻzbekiston qoʻrikdari". Ammo saxiy-lik bilan xasislikning boshqacha koʻriniil-lari ham boʻlarkan. Shukrullo, Javohir-lar sandigʻi.
- Murodova.. hamma narsani koʻrib, bilib kelgandan beri Umarali unga koʻrinish bermagan edi. — I. Rahim — Ixlos.
- ..birrov oʻz xonasidan chiqib keldi-yu, koʻrishib salomlash-ganidan keyin, boshqa koʻrinish bermadi. — Sh. Toshmatov — Erk qushi. Koʻrinish olmoq Qi-yofaga ega boʻlmoq.
- Toshkent zilziladan keyin yangi koʻrinish oldi. — Gazetadan.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0