Izohli lug‘at
ko‘rsatmoq
кўрсатмоқ
Ma’nolari
- Koʻrmoq fl. ort. n.
- Namoyish qilmoq; amalda isbotlamoq; bildirmoq.
- Dalil keltirmoq, aytib yoki namoyish qilib isbotlamoq.
- Nishon bermoq; dalolat, ishora qil-moq, bildirmoq.
- Biror ish yoki vazifani bajarish uchun birovning muvofikdigini, munosibligi-ni aytmoq, nomzodini taklif etmoq.
- s. t. Adabini, taʼzirini bermoq; oʻch olmoq.
- "Qilib", "etib" ravishdoshlari bilan birikib, ular boshqargan soʻzdan ang-lashilgan belgi yoki xususiyatga ega ekan-likni isbotlashga, bunga boshqalarni ishontirishga urinmoq maʼnosida ishlatiladi.
- Ayrim otlar bilan birikib, shu otlar bildirgan ish-harakat, narsani qilish, namoyon etish maʼnosini bildiradi.
- Jonini koʻziga koʻrsatmoq Qattiq azob bermoq. -Islom, men bu itning vangillashi-ni eshitmoqchiman, jonini koʻziga bir koʻrsa-tib qoʻy, — dedi gʻazabdan koʻzining paxtasi chiqib ketgan Ergash. K. Yashin, Hamza. Ish koʻrsatmoq Biror ish bilan nom qozonmoq, maʼlum-mashhur boʻlmoq.
Misollar
- Kitob-larni koʻrsatdi. nsh
- Shogird yigit Murodni koʻrsatdi. — T. Murod — Oq ot.
- Bilimdonligini koʻrsatdi. Doʻstligini koʻrsatdi. U[Ahmadjon] meh-natga boʻlgan qobiliyatini ayniqsa kolxozda koʻrsatdi. — A. Qahhor — Oltin yulduz.
- Bu yigit boshqa hech ishda oʻzini koʻrsatmagan edi, shu ishga qoʻydik, bunda oʻzini koʻrsatdi. — A. Qahxor — Kartina.
- Bahona koʻrsatmoq. Dalil koʻrsatmoq. Sabab koʻrsatmoq. n
- Bunga nima vaj koʻrsatasiz? Koʻrdingizmi, koʻrsa-tayotgan vajingizning oʻzi vajga muhtoj. A. — Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari.
- Bu narsa koʻrsatadiki, Mirzakarim otam dunyo lazzatini yaxshi tu-shunadilar, yana koʻp vaqt bu lazzatdan bah-ramand boʻlishni istaydilar. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Lekin kechasi koʻringan butun alomatlar dushman shitob bilan cheki-nayotganini koʻrsatar edi. — A. Qahhor — Oltin yulduz.
- Ara-vakash.. Ioʻlchini chaqirdi: -Katta oyimning yumushlari bor ekan. Menga buyurgan edilar. Ishim zarurligidan sizni koʻrsatdim. Siz uchrashing. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Qachongacha ovozimni boʻgʻadilar; ti-rikman — tinchimayman. Koʻrsataman ular-ga! — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Xaloyiq ol-dida meni beobroʻ qilishning oqibatini sen it qoriga bir koʻrsatib qoʻyay hali! — M. Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha.
- Birovni yomon qilib koʻrsatma. Oʻzini bilarmon qilib koʻrsatmoq. n
- Galkin oʻzi-ni qoʻy ogʻzidan choʻp olmagan qilib koʻrsatishga intilar edi. — K. Yashin — Hamza.
- Gʻayrat koʻrsatmoq. Jasorat koʻrsatmoq. Matonat koʻrsatmoq. Taʼsir koʻrsatmoq. Qarshshshk koʻrsatmoq. Gʻamxoʻrlik koʻrsatmoq. Hurmat koʻrsatmoq. m
- Gulnorning gʻoyib boʻlishi Yoʻlchiga yashin urgan kabi taʼsir koʻrsatdi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- [Aziz-bek:/ Buncha,gik gʻayrat koʻrsatgan fuqarolar-ga rahmat, dunyo turguncha tursinlar! A. — Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
- Bunda, ayniqsa, kash-mirlik darvesh jonbozlik koʻrsatdi. — K. Yashin — Hamza.
- Hozirgi zamon ish koʻrsatganniki. — U. Ismoilov — Saylanma. Yoʻl koʻrsatmoq Yoʻl-yoʻriq tarzidagi fikr ayt-moq, maslahat bermoq.
- Yoshlarga yoʻl koʻrsat-moq. yash Kechirim soʻrab, xat yoz, yoʻl koʻrsa-tadi Ergash. — "Guldasta". Kunini koʻrsatmoq Nihoyatda qiyin (ogʻir) arvolga solmoq, adabini bermoq.
- Sen shoshmay tur hali.. otamga aytib beraman, kuningni koʻrsata-di. — S. Siyoyev — Yorugʻlik. Oyogʻi (yoki oyogʻining uchi) bilan koʻrsatmoq Kimsani oʻta mensi-maslik, unga shunday munosabatni bildiradi.
- ..u bilgan odamlar yooʻzidan past, yooʻzi-dan yuqori; oʻzidan past odamni oyogʻi bilan koʻrsatar, oʻzidan yuqori odamning esa oyogʻiga yiqilar edi. A. — Qahhor — Sarob. Qorasini koʻrsatmaydi Butunlay koʻrinmaydi, koʻri-nish bermaydi, uchrashmaydi.
- Bu nima gap, qizim?Aqlli, hushli, kap-katta yigit bir-dan qorasini koʻrsatmay ketsin! — Oybek — Tanlangan asarlar.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0