Izohli lug‘at
ko‘ylak
кўйлак
Ma’nolari
- Yoz (issiq) vaqtlarida ustdan kiyiladigan, yalangqavat, yoqa va yengli, erkaklarniki beldan pastroqqacha, ayollar-niki esa etagi uzun boʻladigan kiyim (so-vuqvaqglarda jemper, kostyum kabilarning ostidan kiyiladi).
- —Oʻzbek tilining izoxdi lugʻati
- Bir koʻylakni ortiq (yoki koʻproq) yirt-gan Yoshi katta; turmush tajribasi koʻp, koʻproq biladigan.
Misollar
- Chit koʻylak. Shoyi koʻylak. Atlas koʻylak. Erkaklar koʻylagi. yat Sherali koʻylagini shimining ichiga tiqib, kamarini tortayotganda.. deraza oynasini chertiv, uni shoshiltirardi. S. Karomatov, Oltin qum.
- Koʻylak yengi tirsakka qadar shimarilgan; tiqmachoqday bilaklarida ilon boshli bilaguzuklar yonadi. — Oybek — Tanlangan asarlar. Koʻylagining etaklari tong shud-ringidan hoʻl boʻlib ketganiga, yengining uch-lari koʻkarib qolayotganiga qaramay, chaqqon ishga kirishdi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol.
- Isroildan soʻraymikin? U, urush koʻrgan, mendan koʻra koʻproq koʻylak yirtgan.. — I. Rahim — Chin muhabbat. Bitta koʻylagi ikkita boʻldi Moddiy ahvoli yax-shilandi, boyib qoldi.
- Endi jir bitdi-da! Bitta koʻylak ikkita boʻldi! — A. Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari. Koʻylagiga sigʻmay ketdi ayn. terisiga sigʻmay ketdi q. teri.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0