Izohli lug‘at
lo‘killamok
лўкилламок
Ma’nolari
- Qadamlarini katta-katta tashlab, lopillab yurmoq, loʻk-loʻk qilmoq (asosan, ot, tuya kabilar haqida). Bolalar koʻcha changitib, loʻkillab yurayotgan ot ortidan piyoda borishardi. S. Karomatov, Oltin kum. Saman loʻkillab borib, qadami-ni sekinlatdi. M. Mansurov, Yombi.
- Kishining shu kabi yurishini bildi-radi, yurishini shunga qiyosan ifodalaydi. Xuddi yashil koʻrpa ustida yurgandek loʻkillab qadam tashlaysiz. LLL Xolmirzayev, Ogʻir tosh koʻchsa.
- Ovora, sarson boʻlmoq; behudaga borib kelmoq. Qoʻysang-chi xarxashangni. Shu vaqtda loʻkillashga kimning hafsalasi bor? O. Yoqubov, Oq yoʻl. Kunda bir, nari borsa, ikki marta keladi. Rayonga boradigan be-choralar senga oʻxshab, piyoda loʻkillab yuradi. M. Hazratqulov, Jurʼat.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0