Izohli lug‘at
ma’naviy
маънавий
Ma’nolari
- . Maʼnaviyatga oid, maʼnaviyat, axloq bilan bogʻliq.
- . Maʼnan.
- Maʼnaviy zarar Muayyan shaxsning shaʼni, qadr-qimmatiga dogʻ tushirish, ishbilarmonlik obroʻsiga putur yetkazish.
- . Gʻoyaviy, (ideologik); maqsadli.
Misollar
- Maʼnaviy meros. Maʼnaviy qiyofa. Maʼnaviy kamolot.
- Hayotning soʻqmoqlaridan oʻtishga ojiz, har bir arzimas qiyinchilik oldida esankiraydigan, maʼnaviy qashshoq odam ekanligimni endi bildim. — S. Ahmad — Choʻl burguti.
- Oybekning qalamiga mansub asarlar allaqachon qardosh xalqlarning maʼnaviy mulkiga aylangan. — Gazetadan.
- Nazarni aybsitishga hech kimning maʼnaviy haqqi yoʻq. — E. Usmonov — Yolqin.
- Yoshlar oʻrtasidagi maʼnaviy tubanlashishning asosiy manbalaridan biri Gʻarbda ishlangan axloq va odobga zid boʻlgan filmlarni koʻrish boʻlib qoldi. — E. Yusupov — Istiqlol yoʻlida.
Kelib chiqishi
arab. – maʼnoviy; aqliy; mavhum; axloqiy
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0