Izohli lug‘at
ma’naviyat
маънавият
Ma’nolari
- Insoniyatning falsafiy, huquqiy, ilmiy, badiiy, diniy, axloqiy va sh. k. tasavvurlari va tushunchalari majmui.
Misollar
- Maʼnaviyat — insonning, xalqning, jamiyatning, davlatning kuch-qudratidir. U yoʻq joyda hech qachon baxt-saodat boʻlmaydi. — Gazetadan.
- ..manaviyatimizga taʼsir etuvchi jihatlar shunchalik koʻpki, ularni sanab, sanogʻiga yeta olmaymiz. — Gazetadan. —
- Zero, naqshbandiya taʼlimoti — maʼnaviyatimiz sarchashmalaridan biri hisoblanadi. — Gazetadan.
- Ajdodlarimiz falsafasi ham maʼnaviyatimizdir. — Gazetadan. —
- Biz talabalarga Sharq maʼnaviyatining jahon sivilizatsiyasida tutgan oʻrni haqida oʻrgatamiz. — Gazetadan.
Kelib chiqishi
arab. – axloqiy holat; barcha axloqiy narsalar, xususiyatlar
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0