Izohli lug‘at
ma’qul
маъқул
Ma’nolari
- [a. — oqilona; manti-
- qiy; tushunarli] 1 Talab-istakka toʻgʻri ke-ladigan; maqbul.
- (kesim vazifasida yoki tarkibida) Yaxshi, durust.
- Maʼqullash, rozilikni bildiradi: yaxshi, durust, xoʻp.
- Gap-soʻzni qaytarmaydigan; yuvosh.
- Maʼqul boʻlmoq (yoki kelmoq, tushmoq) Maqbul deb qabul qilmoq.
Misollar
- Maʼqul ish. Maʼqul gap. Maʼqul fikr. sht Kompleks loyihalar hozir serob. Maʼqulini tanlaysiz, quraverasiz. — "Oʻzbekiston qoʻriqlari".
- Nizomiddinov ishni bir yoqlama olib boryapti. Shu odamning ishi menga unchalik maʼqul emas. — S. Ahmad — Hukm.
- Yoki oʻzini koʻrmasdan, gʻoyibona sevib yurganim maʼqulmikan? — X. Toʻxtaboyev — Shirin qovunlar mamlakati.
- Nonushta qila-yotganimizda, mana bu choʻqmorni unga aytib qoʻyganimiz maʼqul. — Mirmuhsin — Meʼmor.
- Maʼqul, maʼqul, boy ota, soyai davlatingiz kam boʻlmasin! — Oybek — Tanlangan asarlar.
- ..Erta bilan yoʻlga chiqay-lik. -Maʼqul, — dedi Meʼmor. Mirmuhsin, Meʼmor.
- Ba-shorat xola qarshisida opasini xunob qila-digan yengiltak Olimjon emas, balki ogʻir tabiatli, moʻmin, maʼqul va es-hushli, butu nlay boshqa bir bola turganday edi. — A. Mi-rahmedov — Kulgan chechaklar.
- Gapim ikkoviga ham maʼqul boʻldi, shekilli.. u yogʻi koʻngilda-gidek boʻldi. — X. Toʻxtaboyev — Shirin qovunlar mamlakati.
- Bu gap zalda oʻtirganlarga ham maʼqul tushdi. — "Yoshlik". Karomat xola, hat-to biror narsa oʻziga haddan tashqari maʼ-qul kelsa ham, oʻsha narsani qargʻab-qargʻab maqtardi. Yu. Shomansur, Qora marvarid. Maʼqul qilmoq Maʼqul deb tan oldirmoq; maʼqullatmoq.
- Udoʻstlariga tunov kungi sheʼ-rini maʼqul qila olganiga quvonardi. — S. Siyoyev — Yorugʻlik.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0