ball.uz
Lug‘atga qaytish

Izohli lug‘at

mag‘iz

мағиз

Ma’nolari

  1. (3-sh. birl. magʻzi) 1 Danak, yongʻoq kabi qattiq poʻchoqli mevalarning ichki qismi. Danak magʻzi. Yongʻoq magʻzi. n
  2. Biror narsaning ichki qismi.
  3. Asosiy mohiyat, mazmun. Masa-laning magʻzi. Gapning magʻzi. Shoir ijodi-ning magʻzi. m Yoppasiga va batamom qurol-sizlanish gʻoyasi takliflarimizning magʻzi, oʻzagidir. Gazetadan. Sheriyatdagi ushbu yoʻna-lish falsafiy lirikaning magʻzini tashkil etadi. "UTA".
  4. Magʻzini chaqmoq Biror narsaning mo-hiyatini, mazmunini anglab yetmoq. Yer sot-gan er boʻlmaydi, er yer sotmaydi. Mana bu gapning magʻzini chaq. Oybek, Tanlangan asarlar. Hozir ham hamma joyda odamlar bu nutq-ning matnini qayta-qayta oʻqib, magʻzini chaqmoqdalar. Gazetadan.
  5. Qora, sariq kabi soʻzlar bilan qoʻlla-nib, kishi betining rangini, shu rangga moyilligini magʻizga nisbatlab bildiradi.
  6. Sariq magʻiz bugʻdoy Bugʻdoyning toza, sargʻish rangli bir turi.

Misollar

Manba: Vikilug‘at

Ko‘rilgan: 0

Imlo lug‘atida yozilishini ko‘rish