Izohli lug‘at
me’yor
меъёр
Ma’nolari
- Rasmiylashtirilgan, umum tomo-nidan qabul qilingan, hamma tomonidan majburiy deb hisoblangan, qonun hukmiga kirgan tartib-qoida.
- Biror narsa, ish va shu kabilarning miqdor, daraja jihatdan talabdagi, belgili oʻlchami.
- Ana shu meʼyorni belgilovchi asos-koʻrsatkichlar.
- s.t. kam qoʻll. Chek-chegara.
- Bir meʼyorda Bir xilda, bir tarzda.
Misollar
- Huquq meʼyorlari. Ax-loq meʼyorlari.
- Har narsa ham oʻz meʼyorida yaxshi. Meʼyorini bilmoq. Bir meʼyorda ishlamoq. vt Bizda dehqonchilikning.. bir kunga kesilgan ish meʼ-yori bor. — A. Qodiriy — Obid ketmon.
- Tabiat oʻzi usta dehqon. Meʼyori bilan danak tashla-gan, meʼyori bilan urugʻ sochgan. — S. Anorboyev — Yoʻlda yoʻldosh boʻlganlar.
- Lekin ana shumehr-oqibat meʼyorida boʻlmogʻi kerak. Bu ishda meʼ-yorni unutish yomon oqibatlarga olib kelishi muqarrar. — Gazetadan.
- Baho qoʻyish meʼyorlari.
- Bu adadsiz choʻl edi, Sira meʼyori yoʻq edi. — "Bahrom va Gu-landom".
- Kuyosh kundan-kun bir meʼyorda isib borardi. — Sh. Rashidov — Boʻrondan kuchli.
- Bundan tashqari, dumba qoʻy tanasidagi haroratni bir meʼyorda saqlashga yordam beradi. S. — Anorboyev — Oqsoy.
Kelib chiqishi
a. - oʻlcham, asosiy oʻlchov; andoza
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0