Izohli lug‘at
mo‘tadil
мўтадил
Ma’nolari
- Sovuq ham emas, issiq ham emas; oʻrtacha, oʻrtamiyona.
- Umuman, oʻrtacha, meʼyoriy.
- Oʻrtacha yoʻl tutuvchi, biror tomonga yon bosmaydigan.
Misollar
- Sunbula oyining moʻʼtadil havosiga qaramasdan, Zaynab marjon-marjon terlagan edi. — A.Qodiriy — Utgan kunlar.
- Bu vodiyning goʻzal manzarasi, moʻʼtadil iqlimi, xush havosi.. hamma koʻrganlarni maftun etib keladi. — N.Yusufiy — Fargʻona shoʻx kuladi.
- Moʻʼtadil bosim. Moʻtadil talablar.
- Adabiyot sohasida katta burilish yasash, toʻgaraklarni moʻtadil yoʻlga solib yuborishda qiyinchilik boʻldi. — N.Safarov — Olovli izlar.
- Abbosov hamma narsasi oʻrtacha, har jihatdan moʻʼtadil, har tomonlama omadi kelgan odam edi. — A.Muxtor — Boʻronlarda bordek halovat.
- Moʻʼtadil liberallar.
- Yangi vazirlar moʻʼtadil millatchilardan va firqasizlardan iborat. — Gazetadan.
Kelib chiqishi
[ arab. - qaddi-qomati kelishgan, raso; mutanosib; oʻrtacha, oʻrta-miyona ]
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0