Izohli lug‘at
murg‘ak
мурғак
Ma’nolari
- I Yangi unib chiqqan, hali quvvatga kirma-gan, nozik-nihol (oʻsimlik, novda, barg va shu kabilar haqida).
- Hali suyagi qotmagan, oʻzini tutib olmagan, nimjon (odam va jonivorlar bolasi haqida).
- Hali yetilmagan, endi yuzaga kelgan.
Misollar
- Murgʻak gʻoʻza. Murgʻak novda. Murgʻak barg. v
- Muattar hidlarga burkan-gan bahor Murgʻak kurtaklarga lablarin qoʻydi. — X. Rasul.
- Faqat qoʻzilar, kechagina koʻz ochib, yorugʻ dunyoni koʻrgan murgʻak jonivor-largina bu dahshatdan bexabar edi. — Y. Muqi-mov — Qizilqum pahlavoni.
- Xirurg Ahror Rah-matillayev dadillik koʻrsatdi: gʻoyat masʼu-liyatli boʻlsa ham, toʻrt oylik murgʻak chaqa-loqni operatsiya qildi. — J. Koʻchiyev — Jonkuyar xirurg.
- Negadir bir varaq xat ichida ularning murgʻak sevgilariga doir bir ogʻiz ham gap yoʻq edi. — Mirmuhsin — Umid.
- Sheʼring murgʻak, lekin diling soz, Nafasingda, de-dingiz, oʻt bor. — Zulfiya.
Kelib chiqishi
f. SI.ja— qushcha; joʻja
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0