Izohli lug‘at
nonko‘r
нонкўр
Ma’nolari
- Birovning bergan tuznamagi, non-tuzi qadrini bilmaydigan, yaxshilikka yomonlik qiluvchi, tuzini yeb, tuzlugʻiga tupuruvchi; koʻrnamak, nontepki.
Misollar
- Boy., quturib baqirdi: -San non-koʻrsan, man sani tuqqanim, jigarim, dedim. Ovqat berdim, kiyim berdim, bu — zulm emish! — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Xoʻjasizlik va beparvolik orqasida dasturxonimiz ziynati – non oyogʻosti qilinmoqda, bunday kishilarni el nonkoʻr deydi. — Gazetadan.
Kelib chiqishi
fors. – yaxshilikni bilmaydigan, non koʻr qiladigan
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0