Izohli lug‘at
noto‘g‘ri
нотўғри
Ma’nolari
- Haqiqatga mos kelmaydigan; yanglish, xato.
- Tartib-qoidaga, umumiy meʼyorga toʻgʻri kelmaydigan; nooʻrin, nojoʻya, chakki.
Misollar
- Notoʻgʻri fikr. Soʻzni no-toʻgʻri yozibsiz. m
- Bu gapingiz notoʻgʻri, kori, sizning ilmingiz eskicha ilm. Kolxozga yangicha ilm kerak. — A. Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari.
- Orqada kelayotgan Meli polvon: -Ayb oʻzi-mizda ham bor, Ermat aka. Bittamiz “Mana bu toʻgʻri, mana bu notoʻgʻri!” deb dadil ga-pirolmaymiz, — dedi. — P. Tursun — Oʻqituvchi.
- No-toʻgʻri ish. Notoʻgʻri xatti-harakat. m No-toʻgʻri tarbiya oʻsmirlarning nojoiz yoʻllarga kirishiga zamin yaratadi. Gazetadan.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0