Izohli lug‘at
o‘chmoq
ўчмоқ
Ma’nolari
- Yonishdan, yolqin berishdan toʻxtamoq; soʻnmoq.
- Asl tusini yoʻqotmoq; xiralashmoq, oʻngmoq.
- Koʻzdan gʻoyib boʻlmoq, koʻrinmay qol-moq, yoʻqolmoq. Gʻullar, yashilliklar orasida uning adil — kelishgan qomati, shaffof
- bir xayol kabi goh yalt etib koʻrinar, goh oʻchar edi. Oybek, Tanlangan asarlar.
- Toʻxtamoq, tinmoq; eshitilmay qolmoq.
- Nafasi oʻchmoq Ovozi chiqmay qolmoq, jim qolmoq.
- Safdan yoki hisobdan chiqmoq.
Misollar
- Oʻtni kovlasang — oʻchadi, Koʻshningni kovlasang — koʻchadi. — Maqol. v
- Shu choqda na uchundir tokchada yonib turgan sham ham lip-lip qildi-da, oʻchdi. — A. Qodiriy. Oʻtgan kunlar.
- Samandarov bir qoshi past va bir qoshi baland boʻlib, oʻchib qol-gan maxorkasini chiroqdan tutatib oldi. — A. Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari.
- Chitning rangi oʻchibdi. Qadimiy minora naqshlarining boʻyogʻi hamon oʻchmagan. v
- Gʻafur tobora asabiylashar edi, buning oqibatida koʻzlari xiralashib, lablari pirpirar, ranglari oʻchib, qoʻllari titrar-di. — Sh. Rashidov — Boʻrondan kuchli.
- Vodiyni yarim doira shaklida oʻragan baland-past togʻlar asta oʻcha boshlagan. H. Ahmar, Kim haq? ^
- koʻchma — Yoʻq boʻlmoq — yoʻqolmoq.
- Uyqusi oʻchmoq. Tarixdan nomi oʻchmoq. v
- Sahroning nomi oʻchar, Oʻzgaradi qumloqlar.. — K — . Muham-madiy.
- Undagi ulugʻ zotlik alomatlari bir-daniga oʻchdi. — N. Safarov — Olovli izlar.
- Oqpodshoning taxti kuysin, qorasi oʻchsin! — Oybek — Tanlangan asarlar. [
- Tannozxon:] Diy-doring oʻchsin sening! — 3. Said — N. Safarov, Tarix tilga kirdi.
- Hozirgina soʻzlashib oʻtirgan Kumush bilan onasining tovushlari oʻchgan edi. — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
- Saidgʻozining momaqaldiroq qaldirashidek asabiy kulgisi qanday bosh-langan boʻlsa, oʻshanday toʻsatdan oʻchdi. — S. Anorboyev — Oqsoy.
- Izvosh qoʻngʻirogʻi, ot tu-yoqlarining ovozlari bora-bora oʻchadi. — N. Safarov — Uygʻonish.
- Elmurod salom berib, eshikdan kirishi bilan, uning nafasi oʻchib qoldi. — P. Tursun — Oʻqituvchi.
- Salqinda chirildoqning ham nafasi oʻchgandi. — S. Yunusov — Kutilmagan xazina.
- koʻchma — Xotiradan koʻtarilmoq — esdan chiqmoq, unutilmoq.
- Nomi oʻchib ketgan Boqi mirzo koʻp vaqt oʻtmay "inobatlik mirzo" nomi bilan bosh koʻtardi. — A. Qahhor — Mirzo. Shoir soʻzi marmar toshga oʻyilgan —
- Oʻy-ma xatdek turar, dunyoda oʻchmas. — Q. Muham-madiy.
- Yozuvchilar uyushmasi aʼzoligidan oʻchgan kishi. Roʻyxatdan oʻchganlar.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0