Izohli lug‘at
o‘g‘it
ўғит
Ma’nolari
- Yerning kuchini, hosildorligini orttirish uchun solinadigan, tarkibida oʻsimliklar uchun zarur oziq elementlar boʻlgan moddalar.
- Mahalliy oʻgʻit Goʻng va chiqindilardan iborat oʻgʻit.
- Yuragida oʻgʻiti bor Gʻayrat-shijoatli, ishchan odam haqida.
- O'g'itlar - o'simliklarning oziqlanishi uchun, tuproq xossalarini yaxshilash uchun, hosildorlikni oshirish uchun ishlatiladigan moddalar. Tarkibi jihatidan: mineral, organikaviy, organomineral, bakterial o'g'itlar bo'ladi.
- azotli o'g'itlar - asosiy oziq moddasi sifatida o'simlik o'zlashtira oladigan azot birikmalari bo'lgan o'g'it.
- bakterial o'g'itlar - o'simliklar uchun foydali tuproq mikroorganizmlari bo'lgan o'g'itlar.
- borli o'g'itlar - bor birikmasiga ega bo'lgan mikroo'g'it.
- guminli o'g'itlar - organomineralli o'g'itlar.
- kaliyli o'g'itlar - asosiy oziq moddasi kaliy birikmalaridan tashkil topgan o'g'itlar.
- kobaltli o'g'itlar - kobalt birikmalari (ko'pincha sulfatlari yoki xlorid-lari)dan tashkil topgan mikroo'g'itlar.
- kompleks o'g'itlar - bir necha oziq elementlariga ega bo'lgan o'g'itlar.
- konsentrlangan o'g'itlar - oziq elementlari konsentratsiyasi yuqori bo'lgan o'g'itlar.
- marganesli o'g'itlar - marganes tutuvchi, asosan superfosfatlar marganes sulfat qo'shimchasi bo'lgan o'g'itlar.
- mineral o'g'itlar - oziq moddalar sifatida noorganikaviy birikmalar, masalan, tuzlardan tashkil topgan o'g'itlar.
- molibdenli o'g'itlar - tarkibida molibden bo'lgan mikroo'g'it bo’lib, asosan ammoniy molibdat ko'rinishida superfosfatlarga qo'shib ishlatiladi.
- organikaviy o'g'itlar - kelib chiqishi o'simlik va hayvonlardan iborat boigan, o'simliklar o'zlashtira oladigan organikaviy birikmalardan iborat o'g'itlar.
- organo-mineralli o'g'itlar - asosiy oziq moddasi organikaviy birikmalar shaklida mineral komponentlar bilan bog'langan o'g'itlardir.
- ohakli o'g'itlar - asosan kalsiy va magniy karbonatlardan iborat tuproq kislotaliligini yo'qotuvchi o'g'itlar.
- ruxli o'g'itlar - rux birikmasiga ega bo'lgan mikroo'g'it bo’lib, asosan rux sulfati qo'shilgan ammofosdan iborat bo'ladi.
- suyuq-kompleksli o'g'itlar - o'g'it sifatida ishlatiladigan bir necha oziq komponentlardan tashkil topgan suyuq aralashma.
- temirli o'g'itlar - tarkibida temir elementi tutgan mikroo'g'itlar.
- fosforli o'g'itlar - asosiy oziq moddasi, fosforning suvda eruvchan birikmalaridan tashkil topgan o'g'itlar.
Misollar
- Mineral oʻgʻit. n
- Dehqon-lar boʻrondan soʻng gʻoʻzalarni diqqat bilan koʻzdan kechirdilar-u, darhol oʻgʻit solib, kultivatsiya qilib, sugʻorish lozim, degan qarorga keldilar. — Sh. Rashidov — Boʻrondan kuchli.
- Paxta uchun hammasi ham zarur.. oʻgʻit ham zarur. — Uygʻun — Navbahor.
- ..chollarning kuchi bilan kecha-lari mahalliy oʻgʻit toʻplatib, dalaga ta-shib turdilar. — I. Rahim — Chin muhabbat.
- Yuragida oʻgʻiti bor yigit. tya Yuragingda Oʻrinboy otaning oʻgʻiti bor-da! — Oybek — Quyosh qoray-mas.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0