Izohli lug‘at
o‘girmoq
ўгирмоқ
Ma’nolari
- Asl (turgan) holatidan biror tomonga qaratmoq, burmoq.
- Oʻyinda: oshiq, gugurt kabi narsalar-ni (biror holatda, maye, tikka turishini moʻljallab) dumalatib, yerga tashlamoq.
- Toʻy-hasham va shu kabilarda qoʻshiqchi, oʻyin-chi boshidan pul aylantirib tashlamoq, pul qistirmoq.
- Aziz-avliyolarga atab boshi yoki ustidan pul yoki biror buyumni aylantirib sadaqa qilmoq (biror ezgu tilakka eri-shish uchun yoki biror baxtli hodisa munosabati bilan).
- Tarjima qilmoq.
- Boshidan suv oʻgirib ichmoq Oʻta qadrla-moq, gʻoyat eʼzozlamoq.
Misollar
- Raʼno yuzini chetga oʻgirib, boshidagi roʻmoli bilan yuzini artdi, uzun entikdi. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon.
- U kirgach, xotin boshini oʻgirib qaradi-da, shu qaraganicha koʻzlari xiralashib, sekin yumildi. A. Qahhor, Oltin yulduz.
- Bashirjon darhol xotiniga orqa oʻgirib, barmogʻini qalin lablarida hoʻllab olib, sanashga tushdi. N. Aminov, Suvarak.
- Bola oshiq oʻgirdi.
- Puldor xotinlar bir-bir-laridan qolmaslikka tirishib, pul oʻgirdi-lar. Oybek, Tanlangan asarlar.
- Mahalladagi qushnoch xotin bemorning boshidan bir qora tovuqni oʻgirib.. bir echkini soʻyib, xudoyi qilishni buyurdi. M. Osim, Tilsiz guvoh.
- Oftoboyim erining bu soʻzini eshitishi bilan Xoʻja Bahovuddin yoʻliga oʻgirib qoʻygan yetti tanga pulini Toʻybekaga berib, darrov eshonni-kiga joʻnatdi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar.
- ..originaldagi asar leytmotivini ifodalaydigan doʻstlik, qoʻ-shiq, raqs, visol.. soʻz va iboralarni qoyil qilib oʻgirgan. "OʻTA".
- Asadulla xayolidagi oʻzbekcha sheʼrni forsiyga oʻgirib yozdi. "Sharq yulduzi".
- Paxtakor bilan mexanizator har bir yangi mashinaning boshidan suv oʻgirib ichguday. I. Rahim, Zangori kema kapitani. Kalima oʻgirmoq ayn. kalima keltirmoq q. kalima.
- Burun zamonda bularga oʻxshagan qarilar emas, hatto yoshlar ham kalima oʻgirib yotar edi, yaʼni aytmoqchi boʻlamanki, yashashdan koʻra koʻproq oʻlish toʻgʻrisida oʻylar edi. A. Qahhor, Yillar. Yuz oʻgirmoq q. yuz I.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0