ball.uz
Lug‘atga qaytish

Izohli lug‘at

o‘inoqi

ўиноқи

Ma’nolari

  1. Tinch turmaydigan, serha-rakat; shoʻx. Soytoʻpining ayollari xushroʻy, oʻynoqi boʻladi. N. Qobil, Unutilgan sohil-lar. Maxsus mulozimlar.. oʻynoqi otni yetak-lab keltirdilar. Oybek, Navoiy.
  2. Yengil va yoqimli; shoʻx. Bahor-ning oʻynoqi yellari. yaya Mashinaning darcha-sidan kirayotgan oʻynoqi shabada dillarni qitiqlaydi. T. Rasulov, Marhamat.
  3. Zavq-shavq baxsh etadigan; shoʻx. Safar-da hamrohlariga latifalar, oʻynoqi qoʻshiq-lar aytib, kuldirib yuradi. M. Osim, El-chilar. Bir ozdan soʻng Xorazmning oʻynoqi kuylari chalinib, shoʻx lazgi boshlandi. J. Sharipov* Xorazm.
  4. Oyogʻi yengil, suyuq. -Pochchangning feʼli-atvorini bilasan-ku, oʻlguday yengil, oʻynoqi, — dedi Halima. H. Nazir, Oʻtlar tu-tashganda. Jamshid bazmini qurdik denglar. Jonon j-ja oʻynoqiga oʻxshaydi, sizni ham ilib ketibdi-da! S. Anorboyev, Oqsoy.

Manba: Vikilug‘at

Ko‘rilgan: 0