Izohli lug‘at
o‘kirmoq
ўкирмоқ
Ma’nolari
- Kuchli ovoz chiqarmoq (yigʻi ovozi haqida); hoʻngramoq.
- Baqirmoq, boʻkirmoq (inson va baʼzi yirik hayvonlar tovushi haqida).
- Qatgiq ovoz chiqarmoq (jonsiz narsalar haqida).
Misollar
- Kutilma-ganda Rixsi xolaning koʻngli yumshadi-yu, oʻkirib yigʻlab yubordi. P. Qodirov, Qora koʻzlar.
- Hokim xalqqa ming alpozda oʻkirib, hammani haqo-rat qilib.. uyiga qaytdi. — M. Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha
- Ogʻir yukli tuyalar boʻyinlarini osmonga koʻtarib oʻkirardi. Sh. Toshmatov, Erk qushi.
- Jadal kelayotgan katta ayiq juda xunuk oʻkirardi. Gazetadan.
- Tashqarida shamol hamon oʻkirar. M. Jabborov, Sevinch yoshlari. Oʻki-rib toʻxtadi soʻnggi zambarak, Jahannam xudosi qah-qahdan tindi. Gʻ. Gʻulom.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0