Izohli lug‘at
o‘lim
ўлим
Ma’nolari
- Organizm hayot faoliyati-ning butunlay toʻxtashi, tugashi; ortga qaytmas jarayon, xujayra va toʻqimalarda fiziologik jarayonlar toʻxtab, ortga qayt-mas holat sodir boʻlishi.
- Inson yoki hayvon hayotining toʻxtashi; vafot, qazo.
- Jon taslim qilish, jon berish ja-rayoni, vaqti.
- Oʻlim yuz berishi va u bilan bog-lits holat, sharoit, jarayon.
- Oʻlim jazosi Aybdorni oʻldirish koʻzda tutilgan jazo chorasi.
- Oʻlimdan xabarim bor, bu gapdan xabarim yoʻq.. A. Qahhor, Ogʻriqtishlar.
Misollar
- Otning oʻlimi — itning bay-rami. Maqol. m
- Gulnor oʻlimining uchinchi kuni Samarqanddan ularning bir qarindoshi.. kelgan edi. Oybek, Tanlangan asarlar.
- Bel-bok olib kelgan odam oʻlim oldidan marhum-ning nimalar degani va qaysi samovarda uch-ratgani, birovni koʻp tilga olganini soʻzla-di. P. Tursun, Oʻqituvchi.
- Mayli, siz uchun oʻlimga ham tayyorman. P. Qodirov, Qora koʻzlar.
- Lekin, Gulnorning oʻlimi oldida aytgan soʻzlarini Gulsumbibi oʻz eriga uqtirgan edi. Oybek, Tanlangan asarlar.
- Xayriyat, oʻlim chekindi, ikki oydan soʻng bemor oyoqqa turdi. Gazetadan.
- Oʻzingiz bila-siz, bultur padar marhum boʻlgan edilar, bu-gun boshimizga yana oʻlim tushadigan boʻlib qoldi, togʻam Homidni allakimlar chavoqlab ketibdilar!A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar.
- Oʻlim — toʻy emas, borning pulini sochadi, yoʻqning sirini ochadi. E. Raimov, Ajab qishloq.
- Bu yaramaslar oʻlim jazosiga hukm etildi. Mirmuhsin, Meʼmor. Oʻlim toʻshagida yotibdi Oʻlimi juda yaqin, oʻlim holatida.
- Oʻlim toʻshagida yot-ganida ham hazilini qoʻymagan edi. T. Obi-dov, Yusufjon qiziq. Oʻlimdan xabarim bor, bu gapdan (yoki narsadan) xabarim yoʻq Biror narsadan xabarsizlikni alohida taʼ-kid bilan ifodalovchi ibora. Bekor gap!
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0