Izohli lug‘at
o‘q
ўқ
Ma’nolari
- Yoyga qoʻyib otiladigan, uchi nayzasimon uzun, ingichka tayoqcha; tir.
- Miltiq, toʻpponcha, pulemyot kabi qurollarga joylab otiladigan kichkina snaryad; patron.
- Shunday snaryad, patronning otilganda ogʻzidan chiqib uchadigan, moʻljalga yoʻnaltiriladigan qismi (qoʻrgʻoshin, pitra kabi).
- Minomyot, reaktiv artilleriya va sh.k. qurollardan otiladigan oʻq-dori; snaryad.
Misollar
- Sadoqdagi oʻq.
- U kamonga chapdastlik bilan oʻq oʻrnatdi va chopib borayotgan ot ustida nishonga otdi. — Pirimqul Qodirov — Yulduzli tunlar
- Dushman pulemyoti birdan jimib qoldi, oʻqi tugagan pulemyotchi esa qocha boshladi. — Nazir Safarov — Olovli izlar
- Oʻq ovoziga odam toʻplanganda, mis koʻza qorni pachaqlanib, tuproqqa agʻnab yotar edi. — Pirimqul Qodirov — Qora koʻzlar
- Oqilxontoʻra Boʻtaboyni moʻljallab otgan oʻq Tillabuvaga tekkan ekan. — Abdulla Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari
- Ortiq gshcham toʻshalgan uyda, oynavand shkaf qarshisiga ayiq terisini yoyib, oʻq teshgan joylarini koʻzdan kechirayotgan edi. — Pirimqul Qodirov — Qora koʻzlarOʻqqa tutmoq - ketma-ket, uzluksiz oʻq yoʻllamoq.
- ..har qalay, sen aytganday, granata tashlamabdi-yu, samolyotni oʻqqa tutibdi. — Abdulla Qahhor — Oltin yulduz
- ..dushmanning uchta transportyora yoʻlda daraxt kesayotgan jangchilarni oʻqqa tutib, qaytib keldi. — Ibrohim Rahim — Chin muhabbat
- Front orqasida oʻra qazib turganda, Mulla Obiddan oʻttiz metrcha nariga bir katta toʻp oʻqi tushib, qattiq tovush chiqarib yorildi. — Abdulla Qodiriy — Obid ketmon
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0