Izohli lug‘at
o‘ramoq
ўрамоқ
Ma’nolari
- Oʻram, kalava qilish uchun aylantirmoq, oʻram, kalava hosil qilmoq.
- Ip, sim va shu kabilarni biror narsa usti-dan aylantirib, oʻram holiga keltirmoq.
- Boshni berkitmoq, boshga yopmoq, tan-gʻimoq.
- Aylantirib, aylanib, atrofini toʻs-moq.
- Atrofidan, ustidan aylantirib band qilmoq, ichiga olmoq, berkitmoq.
- -Oʻzbek tilining izohli lugʻati
- Paytava oʻramoq. yaya Adolat.. indamay yotar, bosh va yuzlari doka bilan oʻrab tashlangan edi. S. Zunnunova, Olov.
- Ustidan biror narsa bilan mahkam-lab bogʻlamoq, ichiga olmoq.
- Qoplamoq, qurshamoq.
- Ishgʻol qilmoq, band etmoq, egallamoq; bosmoq.
- Pilla oʻramoq Pilla hosil qilmoq (ipak qurti haqida).
Misollar
- Gazetani oʻramoq. Kartonni oʻramoq. sht Ovqatdan soʻng enam xira chiroq yorugʻida, oʻzlaricha qandaydir qadimiy ashulani xirgo-yi qilib, kalava oʻrardilar. "Saodat".
- Ipni chillakka oʻramoq. Arqonni belga oʻra-moq. yash
- Ipaklarni naychaga oʻraydigan, ka-lavalaydigan dastgohlar bir maromda ish-lamoqda. — Gazetadan
- Baʼzan yigitlar bel-lariga yoʻgʻon simni uch-toʻrt qavat qilib oʻrab keladilar. S. Siyoyev, Yorugʻlik.
- Durracha oʻramoq. sht
- Xotin boshidagi jun roʻmolini oldi-da, bir-ikki qoqib, yana oʻradi. M. Ismoiliy, Fargʻonat. o.
- Hovlini taxta devor bshyun oʻramoq. Bogʻ-ni panjara bilan oʻramoq. nv
- Zirklar toʻrt tarafni devordek oʻrab turar.. edi. P. Qo-dirov, Qora koʻzlar.
- Atrofni osmonoʻpar togʻlar oʻrab olgan. K. Yashin, Hamza.
- Boʻyinga sharf oʻramoq. Yarani bint bilan oʻramoq.
- Pismiq qopchiqning ichidan teriga oʻrab qoʻyshggan bir tugunni oldi. E. Raimov, Ajab qishloq.
- Narsalarni qo-gʻozga oʻramoq. m
- Ahyon-ahyonda tamaki oʻrash uchun ham qogʻoz topolmay, diqqinafas boʻ-ladi kishi. T. Rustamov, Mangu jasorat.
- Koʻkni oʻrab olgan qora bulutlar ham toʻs-toʻsga boʻlinib, oy ham qora parda ichidan yarim yuzini ochib, yer yuziga moʻralab qoʻydi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar.
- ..shamol endi boʻronga aylanib, ara-valarni sariq chang oʻray boshladi. Mirmuhsin, Meʼmor.
- Hozir uning yuragini boshqa bir haqiqat tirnay boshlagan va vijdonini faqat shu masalagina oʻrab olgan edi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar.
- Uning yuragini qarama-qarshi hislar, kechinmalar oʻradi. Oybek, Tanlangan asarlar.
- Qurt pshsh oʻradi. Oq pilla oʻraydigan ipak qurti.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0