Izohli lug‘at
o‘rgatmoq
ўргатмоқ
Ma’nolari
- Biror ish, kasb va shu kabilarni bajarishni, qilishni tushuntirib bil-dirmoq, oʻzi bajara oladigan qilmoq; ma-laka hosil qildirmoq.
- Biror ish, amalga yoʻllamoq; yoʻlga solmoq.
- Ilm, odob va shu kabilardan taʼlim bermoq.
- Biror narsa yoki ish-harakat bilan doim shugʻullanadigan qilmoq, shunga odat-lantirmoq.
- Biror ishni bajarishga koʻnikma, malaka hosil qildirmoq (asosan, hayvon-lar haqida).
Misollar
- Raqs tushishga oʻr-gatmoq. Kasb-hunar oʻrgatmoq. n
- Bugungi kunda ilgʻor ishchi oʻzining boy hayotiy taj-ribasini yoshlarga qunt bilan oʻrgatmoqda. — Gazetadan.
- Baʼzida uning kunlari menga bichish-tikishni oʻrgatishdan koʻra koʻproq pand-nasihat berish bilan oʻtadi. "Guldasta".
- Menga qara deyman! Kim oʻrgatdi senga yolgʻon gapirishni? A. Qahhor, Asarlar.
- Ikki ogʻiz nordon gap aytay desam, unda \kampirda] nima ayb. Unga oʻrgatishgan. — "Mushtum".
- Demak, seningcha.. oʻsha mirshablarni ham maʼrifatdan bahramand qilish kerak, ilm oʻrgatish kerak, shundaymi? K. Yashin, Hamza.
- Ular Qudratga bu hunarni oʻrgatish bilan birga, haqsizlikka qarshi kurashni ham oʻr-gatdilar. — M. Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha
- Sho-kir yuqori kursda boʻlgani uchun qizlarga yor-dam beradi, koʻpincha fizika qoidalarini oʻrgatadi. " Guldasta".
- Bolani erta turishga, salom berishga oʻrgatmoq. sht Oqsoqol avvalgi til-mochni ham uyiga oʻrgatib olgan emish. S. Ahmad, Hukm.
- Ha, boshidan qattiq turib, oʻrgatib olmasang, keyin qiyin boʻladi. F. Musajonov, Nozik masala.
- Itni ov qilishga oʻrgatmoq. n
- ..knyaz uchta otdan ikkitasini berib yubor-di, qolgan bitta otni kolyaskaga oʻrgatgin, dedi. A. Qaqhor, Qoʻshchinor chiroqlari.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0