Izohli lug‘at
o‘rin
ўрин
Ma’nolari
- (3-sh. birl. — o'rni) Biror kimsa yoki narsa ishgʻol qilib turgan yoki ish-gʻol qilishi mumkin boʻlgan yer, sath yoki fazo; joy.
- Uxlash, yotib dam olish uchun toʻshab qoʻyilgan koʻrpa, yostiq va majmui; joy.
- Yashash uchun boshpana, turarjoy, maskan.
- Kishining, narsaning hayotda oʻziga xos fazilat, mavqe va bilan belgilanuvchi holati, mavjudlik maqomi.
- Biror narsaning maʼlum bir joyi, qismi, boʻlagi.
- Ish-harakat, faoliyat va ning belgi-darajasi jihatidan koʻrsatkichi, band etgan holati, darajasi.
- Vazifa, lavozim.
- (3-sh. egalik shaklida) Biror ish-harakatni bajarish uchun qulay fursat, payt, mavrid; xonasi.
- Biror ish, harakat uchun zarurat, asos; hojat, ehtiyoj.
- (bu, shu soʻzi bilan) Muayyan fursat, holat maʼnosini bildiradi.
- Muayyan mavqe, holat.
- Makon maʼnoli grammatik terminlar tarkibida qoʻllanadi:
- (3-sh. egalik va j.k., oʻ.-p. k. shaklida — oʻrniga, oʻrnida) Zidlik, qiyos kabi munosabatlarni, kabi, evaz, koʻra koʻmakchilariga xos maʼnoni bildiradi.
- Oʻrin (erkaklar ismi).
- Issiq oʻrnini yeovitmoq (yoki tashlamoq, kechmoq) Mavjud qulay, yaxshi sharoit-imkoniyatidan, joyidan kechmoq, uni tashlamoq.
- Koʻngli oʻrniga (yoki joyiga) tushmoq Koʻngli taskin topmoq, xotirjam boʻlmoq.
- Oʻrin yoʻq Keragi yoʻq, ortiqcha.
- Oʻrniga keltirmoq oʻrniga qoʻymoq.
- Oʻrniga oʻtmaydi Oʻrnini bosmaydi, murod hosil boʻlmaydi.
- Oʻrniga qoʻymoq Koʻngildagidek, qoyil qilib, juda yaxshi bajarmoq; oʻrinlatmoq.
- Oʻrnida koʻrmoq Qatoriga qoʻshmoq; hisoblamoq.
Misollar
- Toshni oʻrnidan qoʻzgʻatibboʻlmadi. Oʻtirgan oʻrin topadi. — Maqol.
- shsh Baʼzilari oʻtirgan oʻrinlarida mudrab qolishibdi. — I. Rahim — Chin muhabbat.
- Maktab qishloqning qoq oʻrtasida boʻladi. Hu, ana u yerga idora, klub tushadi. Mana bu toʻqayning oʻrni bogʻ boʻladi. — A. Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari.
- Safar boʻzchi turgan oʻrnidansiljimadi. — A. Qodiriy — Mehrobdan chayon.
- U oʻtirgan oʻquv zalida hamma oʻrinlar band. — P. Qodirov — Uch ildiz.
- Muhabbat chiroy tanlamas, uyqu — oʻrin. — Maqol.
- Ona-bola bir oʻrin yozib yotdilar. — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
- Komil ketgandan keyin Boʻronbdek uyiga kirib, chinni kosada toʻldirib boʻza simirdi-da, oʻrin solib yotdi. — H. Gʻulom — Mashʼal.
- Oʻrin yigʻilmagan, tosh-oyna oldidagi kursida Munisxonning ichki koʻylagi yotardi. — Oʻ. Umarbekov — Yoz yomgʻiri.
- [Qutidor:] Uyatsizga mening uyimda oʻrin yoʻq. — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
- Kun hisobin oy olar, bedov oʻrnin toy olar. — Maqol
- -Bu qizdan bir balo chiqadi. Oʻnta oʻgʻilning oʻrnini bosadi, — deyishardi. — S. Ahmad — Ufq.
- Tushunib turibman, oʻlganlarning oʻrni mana shunaqa ulugʻ ayyomda yoʻqlanadi. — A. Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari.
- Ertakning baʼzi oʻrinlarini qoldirib ketmoq. Maqolaning ayrim oʻrinlariga tuzatish kiritildi.
- Kumushbibi xatning bu oʻrniga yetganda qizarinib, bir oz oʻqishdan toʻxtab oldi va davom etdi. — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
- Bir vaqtlar Toshkent shahri dov-daraxtlar boʻyicha jahonda ikkinchi oʻrinda turardi. — Gazetadan.
- Oʻylaymizki, yigitlar sovrinli oʻrinlardan birini olishga harakat qilishadi. — Gazetadan.
- Oʻrnini egallamoq.
- Oʻrnidan bekor qolmoq.
- Eski raisning oʻrniga yangisi saylandi.
- Xalq ishi boʻlgandan keyin oʻrinning katta-kichigi boʻlmas ekan, Ergashvoy. — A. Muxtor — Opa-singillar.
- Asqar ota erkaklar qoshida koʻp muhtaram xotinlarni koʻrgan, lekin bularning koʻpchiligi rais, mudir, direktor deganday rahbarlik oʻrindagi xotinlar edi. — A. Qahhor — Xotinlar.
- Oʻrni kelsa, otangni ham ayama. — Maqol.
- Boʻlak gasharni oʻrni bshan gaplasharmiz. Biz tomonlarga ham boring. — P. Tursun — Oʻqituvchi.
- Oʻrni kelmaganda, menham gapirmas edim. — A. Qahhor — Xotinlar.
- Hozir inodning oʻrni emasligini harchand uqtirmoqchi boʻldim, koʻnmadi. — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
- Mehnatsiz pul monuut yoʻliga tushgach, choʻntakni qappaytirib olgandan soʻng, ishni ham, kollektivni ham hurmat qilishga oʻrin qolarmidi? — "Mushtum".
- Vas-vasalanishning oʻrni yoʻq, mundan soʻng ham sizning xayrixohona kengashlaringizga mushtoqman.. — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
- Shuoʻrinda yana bir narsaga eʼtiborni qaratmoqchiman. tsh Rafiqam Mukambarxonning tadbirkorligi bu oʻrinda ham jonimga ora kirdi. — N. Safarov — Olovli izlar.
- Shaxsning hazil-mutoyiba, yumorga moyilligi ham muhim oʻrin tutadi. — "OʻTA".
- Oʻtmishdagi sanʼatkorlar ichida qiziqchilar alohida oʻrin egallab kelganlar. — T. Obidov — Yusufjon qiziq.
- Bu oddiy traktorchi juvonga boʻlgan ehtirom uni ayrim oʻringa qoʻyar edi. — A. Qahhor — Asarlar.
- Oʻrin kelishigi.
- Oʻrin holi.
- Oʻrin ergash gap.
- Lekin yechinish oʻrniga shoshilib portfelini oldi. — S. Zunnunova — Yangi direktor.
- Sening oʻrningga it boqsam boʻlmasmidi?! — S. Ahmad — Ufq.
- Bu kunki qorachopon va qipchoq nizolarini sizga bir timsol oʻrnida koʻrsatayin.. — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
- -Nima qildi? — degan edi, opasi oʻrniga singlisi javob berdi. — O. Yoqubov — Er boshiga ish tushsa.
- ..he yoʻq, be yoʻq issiq oʻrnimni sovitib, ishimdan olib tashlasang.. — Gazetadan.
- Sababiki boʻlmasa, kim issiq oʻrnini tashlab, qum tepaliklari orasida sargardan boʻlib yuradi?! — Mirmuhsin — Meʼmor.
- Xoʻsh, koʻngling joyiga tushdimi? — O. Yoqubov — Chin muhabbat.
- Koʻngil yaqin joyda bunday gaplarga oʻrin yoʻq. — S. Zunnunova — Yangi direktor.
- [Qodirov] Kolxozchilar yoʻl-yoʻlakay qoʻl qovushtirib salom berishlarini, izzat-hurmatini hamisha oʻrniga keltirishlarini istaydi. — Sh. Rashidov — Boʻrondan kuchli.
- Mamajon polvon ishga tushishdan oldin patefonni bir qoʻyib, muzika eshitib olmasa, oʻrniga oʻtmaydi. — Gazetadan.
- Toshkent xalqaro anjumanlarni oʻrniga qoʻyib oʻtkazishda boy tajribaga ega. — Gazetadan.
- Gʻulom aka unga ish buyurib qolgudek boʻlsa, boshi osmonga yetar, sevinganidan chopqillab borib, dastyorchilikni oʻrniga qoʻyardi. — R. Fayziy — Choʻlga bahor keldi.
- Mardikorni, xizmatkorni, kosibni odam oʻrnida koʻrishmaydi bu zamonda. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Shu ikki yildan beri menga boʻlgan aloqangiz bir zarra ham oʻzgargan emas.. meni xotin oʻrnida koʻrmay-siz! — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0