Izohli lug‘at
o‘rnashmoq
ўрнашмоқ
Ma’nolari
- Biron oʻrinni yoki joyni egallamoq, egallab oʻtirmoq, oʻrin-lashmoq.
- Bir joy, oʻrinda mavjud boʻlmoq, unda joy olmoq.
- Biror joyni ishgʻol qilmoq, biror joyda yashamoq; hayot kechirmoq, turmoq.
- Biror ish-faoliyat, lavozim va shu kabilarda oʻrin egallamoq, unda muqim boʻlmoq.
- Es, xayol va shu kabilarda joy egalla-moq.
Misollar
- U kresloga qulay oʻrnashib oldi. Oʻrnashib oʻtiring. Joy notekis boʻlgani uchun stol oʻrnashmadi. n
- Haligi shox arqonning orasiga butoq-mutoqlari bilan kirib, mahkam oʻrnashib olibdi. — P. Qodirov — Qora koʻzlar.
- Sidiqjon egarga yaxshiroq oʻrnashib, otning jilovini sshjidi. — A. Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari.
- Koʻzlariga oʻrnashgan, singishgan gʻam ketmagan edi. — M. Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha.
- Yotoqqa oʻrnaishoq. Kvartiraga oʻrnashmoq. U shaharga oʻrnashib qoldi. v
- Yangi yerlarga jasur yoshlar koʻchib borishib, oʻrnashib qol-moqdalar. — Gazetadan.
- Dushman muhim strategii ahamiyatga ega boʻlgan stansiyada juda mahkam oʻrnashgan va har qanday qurbon badaliga boʻlsa-da, uni qoʻldan chiqarmaslik-ka tirishardi. — Oybek — Quyosh qoraymas.
- Di-rektorlikka oʻrnashmoq. Institutga oʻrnash-moq. v U
- viloyat gazetasiga masʼul kotib boʻlib oʻrnashdi. — A. Qahhor — Sarob.
- Ammo Xolmirzayev hech yerda muqim oʻrnasholmadi. — "Mushtum".
- Bu lavhaning hammasi uning xayoliga qattiq oʻrnashib qolgan edi. — Shuhrat — Shi-nelli yillar. ..mayin tovushi, nuqradek so-vuq va yasamaroq jilmayishi xotiramga oʻr-nashib qoldi. A. Muxtor, Davr mening taq-dirimda.
- Baqirgandan koʻra, maromi bilan se-kinroq qilingan taʼna quloqqa yaxshiroq kiradi, zehnga yaxshiroq oʻrnashadi. — Gazetadan.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0