Izohli lug‘at
o‘rnatmoq
ўрнатмоқ
Ma’nolari
- Muayyan bir holatda oʻr-niga moslab qoʻymoq, joylamoq, oʻrnash-tirmoq.
- Bunyod qilmoq, yasamoq, qurmoq.
- Biror holatni yuzaga keltirmoq, jo-riy qilmoq.
- Ishga, oʻqishga va shu kabilarga kiritmoq, joylashtirib qoʻymoq.
Misollar
- Yoʻlchi shamni qizning tepasidagi tokchaga oʻrnatdi. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Ahmadjon chakalakzordan oʻtib, pule-myotni snaryaddan hosil boʻlgan bir chuqur boʻ-yiga oʻrnatdi. — A. Qahhor — Oltin yulduz.
- Haykal oʻrnatmoq. Stend oʻrnatmoq. Maydon oʻr-tasiga monument oʻrnatmoq. tt Ikkinchi jahon urushida halok boʻlganlar xotirasiga yodgorlik oʻrnatish rasm boʻldi. — Gazetadan.
- Tinchlik oʻrnatmoq. Intizom oʻrnatmoq. yaya Gʻulomjon dastlabki kundan tortib maktabda qattiq tartib oʻrnatdi. — M. Ismoiliy — Fargʻonat. o.
- ..Axir, adolatni qon toʻkmay oʻrnatsa boʻlmaydimi? — K. Yashin — Hamza.
- Mana, Qodirov nomi-ga yozilgan xat, sizni ishga oʻrnatib qoʻyadi. — Sh. Rashidov — Boʻrondan kuchli.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0