Izohli lug‘at
o‘rta
ўрта
Ma’nolari
- Sathning chetlaridan markaziga tomon teng uzoqlikda boʻlgan qismi, nuq-tasi; markaz.
- Uzun narsaning ikki uchidan teng uzoqlikda boʻlgan nuqtasi, joyi.
- Ikki yoki undan ortiq narsalarning oraliq qismi; oraliq.
- Kishilar yoki bir joydagi narsalar orasi; qurshov, davra.
- sft. Oraliq (oʻrta)da boʻlgan; oʻrtadagi.
- Boshlanishidan va oxiridan taxminan teng uzoqlikda boʻlgan vaqt.
- (asosan oʻ.-p. k. shaklida — oʻrtada) Xamma yoki bir necha kishi uchun umumiy, teng, bir xilda tegishli boʻlgan.
- Meʼyoriy darajali; oʻrtacha.
- Oʻrtadan koʻra pastroq, pastdan koʻra yuqo-riroq xoʻjaligi bor. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari.
- Besh balli baho tizimida "yaxshi"dan past, "yomon"dan yuqori darajadagi baho; oʻrtacha, qoniqarli.
- (makon kelishiklari shaklida — oʻrta-ga, oʻrtada, oʻrtadan) koʻm. vazifasida. Makon, payt yoki obʼyekt munosabatini bildiradi.
- Ikki oʻrtada Tomonlar tortishuvi oqi-batida.
- Gina-kuduratni oʻrtadan koʻtarmoq. v
Misollar
- Nonning oʻrtasi. Gazetaning oʻrtasi. Xonaning oʻrtasi. Hovuzning oʻrtasi. Tarvuzning oʻrtasi. n
- U \Suvonjon\ de-vordan bir sakrashda oshib tushdi-yu, kuchining boricha oldinga intildi. Bogʻning oʻrtasida Oysuluvga yetdi. — S. Anorboyev — Oqsoy.
- Sha-harning oʻrtasida dangʻillama hovlim bor! — O. Yoqubov — Uchrashuv.
- Toʻxta xola hovli oʻrta-sidagi soʻriga kelib, oppoq yostiqqa engashdi. — I. Rahim — Chin muhabbat.
- Arqonni oʻrtasidan kesmoq. n
- Oʻsh bilan Andijan yoʻlining oʻrtasida shumshayib yotgan Qora-buloq qishlogʻi birvarakasiga uygʻonib ketdi. — M. Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha.
- Chap tomonda togʻ etaklari, oʻng tomonda yashil paxtazor, oʻrtasida qishloq. — I. Rahim — Chin muhabbat.
- Sharqu gʻarb oʻrtasida katta bir manzsh, Chin-Mochindan toliqib kelgan karvonlar.. — M. Shayxzoda.
- Oʻrtada bir necha qiz-lar raqs tushmoqda — jonli, shoʻx, tetik raqs. Oybek, Quyosh qoraymas.
- Olomon ichi-dan Mamajon oʻrtaga chiqdi. — A. Muxtor — Opa-singillar.
- Sanam xola bilan qanday yarash-ganini aytdi-yu, qaynanasi pishirib bergan varaqi somsalarni oʻrtaga qoʻydi. — P. Qodi-rov — Qora koʻzlar.
- Oʻrta barmoq. Oʻrta eshik. Oʻrta hovli.
- Kunningoʻrtasi. Yilning oʻrtasi. m
- Saraton oʻtgan, kuzning oʻrtasi — mehrjon [kuzgi hosil bayrami] pallasi edi. S. Siyoyev, Yorugʻlik.
- Oʻrtada mashi-nalar, Oʻrtada bu garaj ham, Doʻst boʻlamiz chinakam. — Q. Muhammadiy.
- [Nizomiddinov:] Kolxoz emish-a, hamma narsa oʻrtada: Butun bir qishloq bir koʻrpada. Yer oʻrtada, mol-jon oʻrtada. — S. Ahmad — Hukm.
- Oshning tuzi baland ham, past ham emas — oʻrta. Oʻrta boʻyli yigit. Oʻrta yoshli ayol. yash Dehqon.
- Oʻquvchining bilimiga "oʻrta" qoʻymoq. Inshodan "oʻrta" olmoq. n
- Xoʻp, hozir koʻramiz.. "Yaxshi!".. "oʻrta".. "oʻrta". "Dani aʼlo?". A. Qahhor, Ayb kimda?
- Gav-har shoshilmay oʻtib, Zulayho bilan Abdu-xalilning oʻrtasiga oʻtirdi.. Oʻ. — Hoshimov — Qalbingga quloqsol.
- Otang bilan oʻrtamiz-da shunday gaplar oʻtgan.. — M. Hazratqulov — Jurʼat.
- ..ikki kundosh oʻrtasidan ancha gaplar oʻtgani bir daraja maʼlum boʻldi. — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
- Shirmonjon olomon oʻrtasidan sugʻurilib chiqdi. — S. Zunnunova — Olov.
- Ikki oʻrtada qizimga jabr boʻlma-sa goʻrga edi! — I. Rahim — Chin muhabbat. Oʻrta yoʻlda qolmoq ayn. arasotda qolmoq q. ara-sot. U
- oʻrta yoʻlda soʻppayib qolgan edi. Iz-ma-iz jazoni oʻtab chiqqan "ustoz"ning etagidan mahkam tutdi. — "Mushtum". Oʻrtaga olmoq Biror narsa yuzasidan koʻpchilik boʻlib pand-nasihat qilmoq, taʼsir oʻt-kazmoq.
- "Yigʻi"dan soʻng ikki ovsin darrov Nurini oʻrtaga olib, luueup-uiueup bilan "falokat"ni tushuntira boshladi. — Oybek — Tanlangan asarlar. Oʻrtaga solmoq ayn. oʻrtaga tashlamoq.
- Umumiy majlis qilamiz, oʻrtaga solamiz. — A. Qahhor — Qoʻshchinor chiroqlari. Oʻrtaga tashlamoq Koʻpchilik muhokamasiga taqdim etmoq.
- Ibrohimov.. oʻrtaga tashlan-gan fikrlarni va bularning toʻgʻri yo notoʻgʻ-ri ekatshgini isbot qilish uchun koʻrsatil-gan dalillarni oʻlchab, salmoqlab koʻrdi.. yozib oldi. — A. Qahxrr — Qoʻshchinor chiroqlari. Oʻrta-ga tushmoq ayn. oraga tushmoq q. ora.
- -Bit-ta gapdan qol, Umar, achchigʻingni yut, — dedi Boʻronboy oʻrtaga tushib. — K. Yashin — Hamza.
- Ammo xoʻjayin oʻrtaga tushsa, u vaqt ish silliq boʻlib chiqsa kerak, deb oʻylaiman. — Oybek — Tanlangan asarlar. Oʻrtada qolmoq ayn. orada qolmoq q. ora.
- [Erimbet:] Elgeldi ogʻa, voqea oʻrtamizda qolsin. — A. Muxtor — Qora-qalpoq qissasi. Oʻrtadan koʻtarmoq Yoʻq qil-moq.
- Noqulay vaziyatni oʻrtadan koʻtarmoq.
- Mu-sulmonqul bu ishlarni bir yaxshi maqsadni kuzatib qilganda, zolimlarni oʻrtadan koʻ-tarib, yurtga osoyish berganda, unga kim nima deya olar edi. — A. Qodiriy — Oʻtgan kunlar.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0