Izohli lug‘at
o‘tmish
ўтмиш
Ma’nolari
- Kishi, xalq hayotining oʻtgan qismi, shu oʻtgan davridagi hayoti.
- Oʻtgan davr; kechmish, moziy va shu davrdagi kishilar (ajdodlar) hayoti.
Misollar
- Men yoshlikdan otamga qarashdim, poda boqdim, mashoq terdim.. qishlogʻimizda maktab ham yoʻq edi. — Yoshlik"
- Oʻtmishni xotirlarkan, Yoʻlchi ogʻir xoʻrsindi. — Oybek — Tanlangan asarlar
- Goh oʻltirib, gohi yotib, bemalol Soʻzlar edi oʻtmishidan keksa chol. — Habibiy
- Muzeydagi eksponatlarda belorus xalqining oʻtmishini koʻrdik va yaqindan tanishdik. — Nazir Safarov — Olovli izlar
- Oʻtmishda ota-bobolarimiz ozmuncha togʻ qazishganmi, biz ham qaziymiz. — Mirzakalon Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha
- Ha, Oybek aka aytganday, G‘afur Gʻulom oʻtmishga qarab bugunni, bugunning xulosasidan ertasini koʻra oladigan odamlardan edi. — Shukrullo — Javohirlar sandigʻi
- Maqtamasman moziyni, birok, Oʻtmishingni oʻylayman bir zum. — Abdulla Oripov — Yurtim shamoli
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0