Izohli lug‘at
o‘xshatmoq
ўхшатмоқ
Ma’nolari
- Oʻxshamoq fl. ort. n. (q. oʻxshamoq 1, 3).
- Biror kimsa yoki narsaga qiyos qil-moq, shunga oʻxshash, xuddi oʻzi deb bilmoq.
- Qoyilmaqom qilmoq; boplamoq.
- (-(i)b qoʻshimchali rvdsh. — oʻxshatib) koʻm. vazifasida. Qiyos, oʻxshatish munosabatini bildiradi; kabi, singari.
- (oʻtg. zam. birl. shaklida — oʻxshatdim) Askiyaning bir janri, yoʻli.
Misollar
- Ukasiga oʻxshatdim. Oshni juda oʻxshatibdi. sht Lekin juda mugʻam-bir, moʻltoni odamga oʻxshataman. — H. Shams — Dushman.
- Hammani oʻzingga oʻxshatasan-a!.. — P. Qodirov — Qora koʻzlar.
- Uning kulishi, yurishini Rustam allakimga oʻxshatdi. — "Mushtum".
- Yoshi-ga monand va ozoda kiyim kiyadi, sochini oʻxshatib taraydi.. — M. Joʻra — Iztirob.
- Bu yetmagandek, oʻxshatib haqorat qildi. — Shuxrat — Jannat qidirganlar.
- Azim uning kin-digiga oʻxshatib tepdi. — M. Ismoiliy — Far-gʻona t. o.
- Endi men siz-larni goʻdak bolalarga oʻxshatib, aldab ov-qat yediramanmi?! — Mirmuhsin — Meʼmor.
- Yigit.. chakmonning ikki yengini xurjunga oʻxshatib, yelkasiga tashladi-da, orqaga qaytdi. — P. Qodirov — Qora koʻzlar.
- Askiyaning bir qator janrlari mavjud: qofiya.. oʻxshatdim, boʻlasizmi.. — "UTA".
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0