Izohli lug‘at
o‘yin
ўйин
Ma’nolari
- Koʻngil ochish, dam olish, tar-biyalash maqsadida qilinadigan erkin ha-rakat yoki mashgʻulot.
- Boshqalar bilan musobaqa qilish uchun maʼlum qoidalar asosida oʻtkaziladigan mashgʻulot.
- Oʻrtaga pul yoki narsa tikib oʻtkazi-ladigan mashgʻulot; qimor.
- Ritmik harakatlar va mimikalar uy-gʻunligidan iborat sanʼat; raqs.
- Oʻyinga tushmoq Biror raqsni ijro et-moq.
- Parvoz vaqtida shox urib (tash-lab) qilinadigan yengil, yoqimli harakat.
- Spektakl, konsert, sirk tomo-shasi va sh.k.
- Betartib, biroq oʻziga xos jo-zibali harakat (hayvon va narsalar haqi-da).
- Ermak tarzidagi harakat, qi-liq va sh.k.
- Oʻyin qilmoq Oʻyin, mazax tarzidagi ha-rakat, qiliq qilmoq.
- Unchalik qiyin, mushkul boʻlmagan ish haqida.
- Suyugʻoyoq, buzuq ayol haqida.
Misollar
- Bolalar oʻyini. sht Koʻcha tutash balchiq boʻlganidan bolalarning oʻyini tugul, yurishiga ham imkon yoʻq edi. Oybek, Tanlangan asarlar.
- ..keng maydonda shovqin-suronli qish oʻyinlari: baland tepadan sir-panishlar, dumalashlar, chenalarda uchishlar.. — Oybek — Tanlangan asarlar.
- Futbol oʻyini. Shaxmat oʻyini. Estafeta oʻyinida qizlar komandasi yutib chiqdi. m
- Jon-dilim futbol emasmi, qizni ham unutib, butun xayolim oʻyinda boʻlib qol-di. Gazetadan.
- Otam oʻyin qi-zigʻida yutqazishga yutqazib qoʻyib, keyin oʻzini urdi, peshonasini yordi, yigʻladi. — M. Ismoiliy — Fargʻona tong otguncha
- Oyoq oʻyini. Shoʻx oʻyin. Kavkazcha oʻyin. a
- Oʻyin ham bir turli nazokat kasb etib, Gulsunbibi yoʻr-gʻalay ketdi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar.
- Havaskor hofizlar qoʻshiq aytdi, shoʻx yigitlar oʻyinga tushdi. S. Yunusov, Kutil-magan xazina.
- Kabutar oʻyini.
- Bular teatrning oldiga kel-ganlarida, oʻyin boshlanshiiga uchinchi qoʻngʻi-roq ham berilgan edi. Oydin, Fonar tagida.
- Shabada oʻyini. n
- Gʻazab bilan hayqirib boʻron, Balki qilar ming turli oʻyin. Gʻay-ratiy.
- Baliqlarning bunday oʻyinini endi koʻrib turgani!\. Nazir, Soʻnmas chaqmoqlar.
- Achchiq oʻyin shirin turmushni bu-zar. Maqol. ■■
- Har holda, taqdirning bun-chalik oʻyinlari turgan bir zamonda biz nima ham qila olar edik. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar.
- U muhabbatni oʻyin deb hisoblaydi. — S. Karomatov — Oltin qum.
- Xat senga oʻyin boʻlib qoldimi?! H. Nazir, Soʻnmas chaq-moqlar.
- -Voy yuragim, voy-voy, — deb atay yerga agʻnab, ogʻzidan oq koʻpik chiqara boshladi. Uning oʻyin qilayotganini Meʼmor sezib turardi. Mirmuhsin, Meʼmor.
- Qizniki — qiyin bilan, oʻgʻilniki oʻyin bilan bitar. Maqol.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0