Izohli lug‘at
o‘ynamoq
ўйнамоқ
Ma’nolari
- Dam olish, koʻngil ochish maqsadidagi biror erkin ish, mashgʻulot, oʻyin bilan shugʻullanmoq (q. oʻyin 1).
- Rasmiy ish-vazifalardan xoli holda dam olish, sayr etish kabi holatlarda vaqt oʻtkazmoq.
- Musobaqa tarzidagi sport oʻyini bilan shugʻullanmoq, shunday oʻyinda qatnash-moq (q. oʻyin 2).
- Qimor oʻyinida qatnashmoq (q. oʻyin 3).
- Tana, oyoq, qoʻl va qosh-koʻzlarni kuyga muqobil holda harakatlantirmoq; raqs tushmoq (q. oʻyin 4).
- Sahna asarida biror rolni ijro et-moq.
- Nimanidir qoʻlda \arakatga keltir-moq, aylantirmoq va sh.k.
- Birovga ran, soʻz bilan tegishmoq; hazil qilmoq.
- Turli-tuman, shoʻx, yoqimli ha-rakat qilmoq (jonivor va narsalar haqi-da).
- Koʻrk, goʻzallik aks ettirib harakatlanmoq, pirpiramoq, dirkillamoq.
- Irgʻishlash, shox tashlash va sh.k. tarz-dagi oʻynoqi harakat qilmoq.
- Qabarib, boʻrtib chiqmoq (mu-shak, tomir kabilar haqida).
- [Birovning] nogʻorasiga oʻynamoq q. nogʻo-ra. Tuprogʻi oʻynamoq Tuprogʻi koʻp miqdor-da chiqib yotmoq.
Misollar
- Be-kinmachoq oʻynamoq. Qorboʻron oʻynamoq. yat Shu choq koʻchada oʻynab yurgan qoʻshnisining bolasi Asad kelib qoldi. "Mushtum".
- Sobiraxon, Bahrini ham olib bo-ringlar, oʻynab kelsin.. A. Qahhor, Xotinlar.
- Ertalab Yodgor Charos bilan toqqa chiqmoqchi ekanini aytganda, Zoyirjon quvongan edi.. "Yaxshi oʻynab kelinglar", deganini eslab, battar oʻsal boʻldi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol.
- Shaxmat oʻynamoq. Bilyard oʻynamoq. Futbol oʻynamoq. n
- Mirmurodov dastlabki ikki oʻyinni, ataylab qildimi yo boʻsh oʻynadimi, yutqizdi. "Guldasta".
- -Siz bilan oʻynamasa, kim bilan ham oʻynay-di, — dedi gap ohangini oʻzgartirib [ Turdi-mat choʻtal], — tovva pukkani yeydi, olchi chikkani yeydi degandek, boy bersangiz nima, siz ham yutib yurgansiz. A. Muxtor, Opa-singillar.
- Kecha bir oz qarta oʻynab.. Mas-kovdan kelgan bir favurkonchi [fabrikant] oʻrisning toʻrt ming soʻmini yutibman. Oybek, Tanlangan asarlar.
- Bu juvon tanovarga juda yaxshi oʻynaydi. shsh Rais shavq-zavq bilan oʻynab, davrani bir necha marta kezib chiqqach, pildirab bir aylandi-yu, bexosdan Urmonjonga tashlandi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari.
- Gulsun kuyov rolini oʻynar, Xonimbibi Kumush rolida, ikkisining bir-birisiga qa-rab oʻqishgan laparlari barchani kuldirib, ichaklarni uzar darajada. A. Qodiriy, Oʻt-gan kunlar.
- Fotima yerga qa-rab, roʻmoli uchini oʻynab oʻtirardi. T. Ashurov, Ok, ot.
- Sharifjon tergan paxtasini changalida oʻynab, goh u, goh bu qizga sovgʻa qilardi. X. Toʻxtaboyev, Felyetondan keyin.
- Usmonjon, qoʻlida nimanidir ezgʻilab oʻynab oʻtirgan Adolatga qaradi. S. Zunnunova, Gulxan.
- Yormat.. nosqovogʻini oʻynab, yerga ti-kildi. Oybek, Tanlangan asarlar.
- Oʻynab gapirsang ham, oʻylab gapir! Maqol. shsh Bugun boʻlsa [
- Kumushning\ oʻynab aytgan soʻzi javobsiz ham qoldiri-lib, bu hol yana uning miyasini qotirdi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar.
- Hovuzda baliqlar tiniq suvni toʻlqin-latib oʻynaydi. P. Qodirov, Qora koʻzlar.
- Chayqaladi dengiz beorom.. Oq chechakdek koʻ-piklar oʻynar. Gʻayratiy.
- Duxoba gullarga du-doq tegizib, Har sahar shabada oʻynab yotadi. — Uygʻun.
- Belanchak boshida oʻynar parcha nur. A. Oripov.
- Qizning qosh-qovoqlari oʻynaydi. m
- Uning [Inobatning].. ozib, kichkina boʻlib qolgan yuzi, uzun kipriklari hayajon bilan oʻynar edi. X. Toʻxtaboyev, Felyetondan keyin.
- Laʼ-li paranji-chachvonini oppoq bilagiga tash-lab, sevganiga termilib qolgan; qora atlas koʻylagini turtib chiqqan qabariq koʻkragi bekni telba qilar darajada oʻynab turibdi. — H. Gʻulom — Mashʼal.
- Osmonda ozod qushlar oʻynab-oʻynab parvoz qiladi. S. Siyoyev, Yorugʻlik.
- Elligida aygʻir otday oʻynaydi.. — "Oysuluv".
- Terib qoʻyil-gan yapaloq gʻishtlar ustiga choʻkib, tomir-lari oʻynagan, qaltiroq qoʻliga moʻlgina nos toʻkib, til tagiga otdi. Mirmuhsin, Bir xumcha tilla.
- Mashq qilaman har kuni, Mus-kullarim oʻynaydi. Yu. Hamdam.
- Yotoqqa kiraverishdagi tup-rogʻi oʻynab ketgan ensiz yoʻlakning burchagida tagiga zanglagan chelak qoʻyilgan dastshoʻy jami uch xonada istiqomat qiluvchilar uchun xizmat qilardi. S. Karomatov, Oltin qum. Yuragi oʻynamoq q. yurak 1. Qalliq oʻynamoq etn. Rasmiy nikoh toʻyidan avval boʻlajak kelin bilan yashirin uchrashib turmoq.
Manba: Vikilug‘at
Ko‘rilgan: 0