ball.uz
Lug‘atga qaytish

Izohli lug‘at

o‘zak

ўзак

Ma’nolari

  1. Oʻsimlik poyasi va ildizining koʻpincha yumshoq toʻqimadan iborat boʻladi-gan ichki qismi. Tolningoʻzagi.
  2. Daraxt, buta kabilarning tanasi; poya. Gʻulomjon oʻrikning keksa, yoʻgʻon oʻzagi-ni ushlab turib toʻxtadi. M. Ismoiliy, Fargʻona t. o. Sumba qildim irgʻayning oʻzagi-dan. "Oq olma, qizil olma".
  3. Ildizmevaning (yogʻoch oʻzagiga oʻxshash) oʻrta qismi. Sabzining oʻzagi.
  4. Elektromagnit va shu kabilarning ichiga, oʻrtasiga oʻrnatilgan qism; sterjen. Elektromagnit oʻzagi.
  5. tlsh. Soʻzning asl maʼnosini bil-dirib, yangi soʻz yasalishiga asos boʻladigan, soʻz yasovchi qoʻshiladigan eng kichik qism; soʻz yasalish asosi.
  6. Biror narsaning eng muhim, asosiy qismi; asos, mohiyat. Ular [ayollar] oilaning oʻzagi va fayzigina emas, balki jamoatchilik hayotida ham alohida oʻrin egallaydilar. Gazetadan. Mening nazarimda, oʻrtoq Mardiyev, biz qilayotgan ishning oʻzagi bitta! Umumxalq, umumdavlat manfaati. S. Karomatov, Soʻnggi barxan.

Manba: Vikilug‘at

Ko‘rilgan: 0

Imlo lug‘atida yozilishini ko‘rish